Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet64/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 26 noyabrda 2530-son bilan ro‘yxatga olingan “Havo kemalarida pochtani tashish qoidalari”ning 86-bandiga ko‘ra aviakompaniyalar yoki pochta aloqasi operatorlari provayderlariga nisbatan shikoyatlar va da’volar qonun hujjatlari va tuzilgan shartnomalarda belgilangan tartibda shikoyatlar taqdim etilgandan so‘ng ko‘rsatiladi.
Aviakompaniya, pochta aloqasi operatori, provayderiga nisbatan da’volar ichki va xalqaro havo liniyalarida hodisalarning boshlanish vaqtidan boshlab olti oy muddatdan kechiktirilmagan holda berilishi mumkin.
Jarimani to‘lash to‘g‘risidagi shikoyatlar 45 kundan kechiktirmasdan berilishi kerak.
Shikoyatlar idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalari tuzilgan joy bo‘yicha beriladi. Pochta va pochta hujjatlari to‘liq yo‘qolgan yoki yo‘q qilingan hollarda aviakompaniyaga nisbatan shikoyatlar ushbu pochta uchun umumiy yukxat yuborilgan pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan beriladi. Pochta aviahodisalar natijasida yo‘qolganda da’volar hodisa yuz bergan joydagi aeroportga qilinadi.
Shikastlangan holda keltirilgan pochta yuk tashish xizmati agenti tomonidan aloqa xodimiga yuk tashish xizmati agenti va aviakompaniya vakillarining imzolari, nosozlik to‘g‘risidagi tegishli belgi qo‘yilgan depeshalarni topshirish yukxati yoki yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarning imzolari qo‘yilgan yukning shikastlanishi, yo‘qolishi to‘g‘risidagi CDR, IRP dalolatnomalari bilan topshirilgan holatda chet el aviakompaniyalari tomonidan xalqaro pochtani tashishdan kelib chiqqan shikoyatlar chet el pochta xizmatiga beriladi.
Xalqaro pochta yukxatdagi belgisiz yoki yukning shikastlanganligi, yo‘qolganligi to‘g‘risidagi dalolatnomasiz topshirilganda da’volar aviakompaniyaga qilinadi.
Tashish paytida pochta va hujjatlar yo‘qolgan holda reys yukxatlari, umumiy yukxatlar, jo‘natish joyidagi aviadepeshalarni topshirish yukxatlarining nusxalari da’vo qilish uchun asos hisoblanadi.
Da’vo qisman qondirilgan yoki rad etilgan hollarda aviakompaniya va pochta aloqasi operatori, provayderi o‘zlarining javoblarida ushbu qoidalarning tegishli bandlariga havola qilgan holda ular tomonidan bunday qaror qabul qilinishining asoslarini ko‘rsatishlari shart.
Agar da’vo rad etilsa yoki javob ushbu qoidalarda belgilangan muddatda olinmasa, manfaatdor tomon javob olingan kundan boshlab bir oy ichida yoki shikoyatga javob qaytarish uchun belgilangan muddat tugagan kundan boshlab, qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiy sudga da’vo qilish huquqiga ega.
Izoh: talabnoma atamasi ba’zi holatlarda shikoyat, e’tiroznoma, da’vo, talab, pretenziya ko‘rnishida ham uchraydi, nazarimizda ushbu atamalarni birxillashtirishga erishish lozim.
Demak, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi nizolarning talabnoma asosida hal etilishi:

  1. taraflar o‘rtasidagi nizolarni o‘zaro kelishuv asosida, sudga murojaat etmasdan hal etish imkoniyatini beradi;

  2. taraflar o‘rtasidagi nizolarni qisqa muddatlarda hal etilishini ta’minlaydi;

  1. ortiqcha sud xarajatlarini iqtisod qilish imkoniyatini beradi;

  2. ortiqcha sarsongarchiliklarning oldi olinadi.


Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling