Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet60/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: Taraf rad (qisman rad) javobini olgan taqdirda yoki talabnomaga belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, shuningdek xo‘jalik shartnomalari yuzasidan talabnoma bildirmay ham agar shartnomada yoki qonunda boshqa qoida belgilanmagan bo‘lsa, iqtisodiy sudga da’vo arizasi berishi hamda sud buyrug‘ini olish uchun ariza taqdim etishi mumkin.
“Temiryo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasiga ko‘ra yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish bo‘yicha majburiyatlar buzilgan taqdirda, yuk jo‘natuvchilar va yukni oluvchilar tegishli temiryo‘l transporti korxonalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda talab va da’volar taqdim etishga haqlidir.
Temiryo‘l transportida tashishlar bo‘yicha talablar va da’volarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari Temiryo‘l ustavida belgilab qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Temiryo‘l ustaviga ko‘ra mazkur ustav talablariga rioya qilinishi yuzasidan kelib chiqadigan temiryo‘lga nisbatan da’vo bilan chiqishdan oldin unga talabnoma bilan murojaat qilish lozim.
Izoh: yukni jo‘natuvchi, yukni qabul qiluvchi va temiryo‘lga nisbatan har bir yuk xati bo‘yicha eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lgan summa yuzasidan talabnoma taqdim etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, jismoniy shaxslarning temiryo‘l orqali olib kelayotgan uy-buyum narsalarining kamomadi, yo‘qolganligi bundan mustasno.
Boshqa shaxslarga temiryo‘lga nisbatan talabnoma bilan murojaat qilish huquqini o‘tkazib bo‘lmaydi. Talabnomaga uni asoslovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim.
Masalan, da’vogar “K” MChJ iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hisobidan 6 569 000 so‘m zararni undirib berishni so‘ragan.
Ish hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, “K” MChJ yuk jo‘natuvchi nomidan “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan talabnoma bilan murojaat qilgan. O‘zbekiston Respublikasi 1993 yil 18 iyunda qo‘shilgan “Xalqaro temiryo‘lda yuk xabarnomasi to‘g‘risida”gi Kelishuvning 5-bandiga ko‘ra, agar talabnoma yuk jo‘natuvchi yoki yukni qabul qiluvchining nomidan taqdim etilsa, talabnomaga ishonch bildiruvchi tomonidan berilgan ishonchnoma ilova qilinishi lozim. Mazkur holatda da’vogar “K” MChJ talabnomani o‘zining nomidan bergan va ishonchnoma ilova qilmagan. Ushbu kelishuvning 29, 30-bandlariga ko‘ra, temiryo‘lga talabnoma faqat yuk jo‘natuvchi va yukni qabul qiluvchi tomonidan taqdim etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 7-moddasiga ko‘ra, agar xalqaro shartnomada yoki bitimda fuqarolik qonun hujjatlaridagiga qaraganda boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi.
Bundan ko‘rinadiki, da’vogar nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilmagan.
Temiryo‘lga nisbatan talabnoma olti oy muddatda, jarimani to‘lash haqidagi talabnomalar esa 45 kunik muddatda ustavda nazarda tutilgan tartibda taqdim etilishi mumkin.
Temiryo‘l ustavi talablaridan kelib chiqadigan temiryo‘lga nisbatan taqdim etiladigan barcha da’volar temiryo‘l tomonidan talabnoma to‘liq yoki qismn qanoatlantirish rad etilgan yoki ustavda belgilangan muddatda temiryo‘ldan talabnomaga javob olmagan taqdirda taqdim etilishi mumkin.
Fuqarolik kodeksining 724-moddasiga ko‘ra tashuvchiga nisbatan yuk tashishdan kelib chiqadigan da’voni qo‘zg‘atishdan oldin unga tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda talab qo‘yilgan bo‘lishi shart.
Agar yuk tashuvchi talabni qondirishni to‘liq yoki qisman rad etsa yoki o‘ttiz kunlik muddat ichida talabga javob qaytarmasa, yuk jo‘natuvchi yoki yuk oluvchi tashuvchiga nisbatan da’vo qo‘zg‘atishi mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling