Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet58/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Masalan, prokuror davlat va jamiyat manfaatini ko‘zlab iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilganda u javobgarga talabnoma yuborishi majburiy emas.
Sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinishining huquqiy ahamiyat kasb etadigan hujjati talabnoma hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning talabnomani yuborish va uni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq qonun hujjatlari doirasida amalga oshirilishi lozim. Korxonalarning yuridik xizmatlari talabnoma bilan ishlash yuzasidan tegishli ko‘nikmalar va usullarga ega.
Korxona, muassasa, tashkilotlarning yuridik xizmatlari talabnoma bilan ish yuritish yuzasidan o‘zining ichki lokal hujjatlarini ishlab chiqishlari lozim. Talabnomani tayyorlayotgan va unga javob yozayotgan tegishli xizmat xodimlariga talabnoma bilan ishlash uchun barcha zarur hujjatlar taqdim etilishi lozim.

  1. Nizolarni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilish majburiyatining
    shartlari


Talabnoma tartibida ish yuritishning o‘z vaqtida va to'g'ri yo'lga qo‘yilganligi korxona, muassasa va tashkilotning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy ishlarining asosiy bosqichlaridan biri bo‘lib, shartnoma shartlari bajarilishini huquqiy ta’minlashning negizidir.
Shartnomani tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq nizolarni sudgacha hal qilish tartibi. Shartnoma tuzishga majburlash haqidagi nizolar boshqa turdagi huquqiy nizolardan farqli ravishda tarafar o‘rtasida mavjud huquqiy munosabatlardan emas, balki huquq va majburiyatlar bo‘yicha kelgusida vujudga keladigan huquqiy munosabat yoki uni o‘rnatishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan vujudga keladi.
Shartnomaoldi nizolarini sudgacha hal qilish tartibi FKning 377-moddasida nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra ushbu kodeksga yoki boshqa qonunlarga muvofiq oferta (shartnoma loyihasi) yo‘llangan taraf uchun shartnoma tuzish majburiy bo‘lgan hollarda bu taraf oferta olingan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida boshqa tarafga aksept to‘g‘risida yoki akseptdan bosh tortishi to‘g‘risida yoxud ofertani boshqa shartlarda akseptlashi to‘g‘risida (shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi) bildirish yo‘llashi kerak.
Oferta yo‘llagan hamda shartnoma tuzishi majburiy bo‘lgan tarafdan ofertani boshqa shartlarda akseptlash to‘g‘risida bildirish (shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi) olgan taraf bunday bildirish olingan yoki aksept uchun muddat tugagan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida shartnoma tuzish chog‘ida yuz bergan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish uchun sudga topshirishga haqli.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling