Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet68/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Masalan, da’vogar yuklar kechiktirib yetkazib berilganligi uchun javobgarga 23.06.2017 yilda, 23.07.2017 yilda talabnomalar bilan murojaat qilgan, biroq javobgar 12.07.2017 yilda 516-517/2017-son va 05.08.2017 yildagi 634/2017-son javob xatlari bilan da’vogar tomonidan “Xalqaro temiryo‘lda yuk tashish to‘g‘risida”gi Kelishuv tartiblariga rioya qilinmaganligi sababli javobgar tomonidan talabnomalar qaytarilgan.
“Xalqaro temiryo‘lda yuk tashish to‘g‘risida”gi Kelishuv 20-ilovasining 7-paragrafi 29-moddasi 3-bandiga ko‘ra, agar yuk yetkazib berish kechiktirilgan taqdirda yukni qabul qiluvchi tomonidan yukxatlarining asl nusxalari va yuk kelib tushganligi to‘g‘risidagi bildirish xati asosida va yuk yetkazib berish kechiktirilgan taqdirda tuziladigan ariza shakli talablariga rioya qilgan holda rasmiylashtirilishi lozim.
Javobgar tomonidan ushbu talabga rioya qilinmaganligi sababli javobgar tomonidan talabnomalar ko‘rmasdan qoldirilgan.
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, da’vogar tomonidan “Xalqaro temiryo‘lda yuk tashish to‘g‘risida”gi Kelishuv 20-ilovasining 7-paragrafida nazarda tutilgan shaklga rioya qilinmagan holda talabnoma yuborilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 720-moddasiga ko‘ra, yo‘lovchi tashish uchun transport vositasini kechiktirib jo‘natganlik yoki bunday transport vositasi manzilga kechikib kelganligi uchun, shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida tashish bundan mustasno, tashuvchi agar kechikish yengib bo‘lmas kuch yoxud tashuvchiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar tufayli yuz berganini isbot qilib bermasa, yo‘lovchiga jarima tariqasida neustoyka to‘laydi. Jarima miqdori va uni to‘lash tartibi transport ustavlari va kodekslari bilan belgilanadi.
Mazkur kodeksning 724-moddasiga ko‘ra, tashuvchiga nisbatan yuk tashishdan kelib chiqadigan da’voni qo‘zg‘atishdan oldin unga tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda talab qo‘yilgan bo‘lishi shart.
Agar yuk tashuvchi talabni qondirishni to‘liq yoki qisman rad etsa yoki o‘ttiz kunlik muddat ichida talabga javob qaytarmasa, yuk jo‘natuvchi yoki yuk oluvchi tashuvchiga nisbatan da’vo qo‘zg‘atishi mumkin.
“Xalqaro temiryo‘lda yuk tashish to‘g‘risida”gi Kelishuv 20-ilovasining 7-paragrafi 30-moddasiga ko‘ra, temiryo‘lga nisbatan yuk shartnomasiga asoslangan holda da’volar bilan murojaat qilish huquqi qaysi shaxsga berilgan bo‘lsa shu shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Da’vo faqat Kelishuvning 29-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga nioya qilingan holda talabnoma bilan murojaat qilingandan so‘ng taqdim etilishi mumkin.
Mazkur Kelishuvning 31-moddasiga ko‘ra, temiryo‘lga nisbatan talabnoma va da’vo yuk tashish kechiktirilganligi uchun 2 oylik muddat belgilangan.
Ushbu holatda da’vogar sudgacha hal etish tartibiga rioya qilinmagan va bugungi kunda bunday hal etish imkoniyati boy berilgan. Shunga ko‘ra sud da’vo bo‘yicha ish yuritishni tugatish lozim deb hisoblagan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 40-moddasi birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlarda, aksiyalarning hammasini yoki muayyan qismini aksiyadorlik jamiyati tomonidan qaytarib sotib olish majburiyatini yuklash haqidagi da’vo arizasi bilan faqat ovoz beruvchi aksiyaga ega bo‘lgan aksiyadorlar murojaat qilishga haqli ekanligi nazarda tutilgan.
Shunga ko‘ra, agarda aksiyalarini qaytarib sotib olish majburiyatini yuklash haqidagi talab qayd etilgan masalalar bo‘yicha yoqlab ovoz bergan yoxud ovoz berishda uzrsiz sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan, ovoz beruvchi aksiyaga ega bo‘lgan aksiyador tomonidan bildirilgan bo‘lsa, bunday talabni qanoatlantirish rad etiladi.
Da’vogarning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etmaganligi sabablarini aniqlashda, sudlar u yig‘ilishni o‘tkazish vaqti va joyi haqida qonunda belgilangan tartibda xabardor qilinganligini tekshirishlari lozim.
Aksiyadorning o‘ziga tegishli aksiyalarni qaytarib sotib olish to‘g‘risidagi talabni aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining tegishli qarori qabul qilingan kundan e’tiboran kechi bilan o‘ttiz kun ichida jamiyatga taqdim qilishlari kerak. Ushbu talab yozma shaklda berilishi va unda aksiyadorning yashash joyi (joylashgan yeri) hamda u qaytarib sotib olinishini talab qilayotgan aksiyalar soni ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bunda qayd etilgan o‘ttiz kunlik muddat nizoni sudgacha hal etish muddati hisoblanishini nazarda tutish lozim. Sudlar bunday da’volarni ko‘rish jarayonida aksiyador tomonidan talabnoma jamiyatga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yuborilganligini tekshirishlari lozim. Agar talabnoma ushbu muddat ichida yuborilgan bo‘lmasa, da’vo bo‘yicha ish yuritish Iqtisodiy protsessual kodeksi110-moddasining 8-bandiga asosan tugatilishi lozim.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling