Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ishlarning iqtisodiy sudlarga taalluqliligi tushunchasi va ahamiyati


Download 464.55 Kb.
bet71/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ishlarning iqtisodiy sudlarga taalluqliligi tushunchasi va ahamiyati

Taalluqlilik deganda huquq haqidagi nizolarni ko'rish va hal qilish vazifasi qonun bilan u yoki bu davlat organi yoki jamoat tashkilotiga yuklatilganligi tushuniladi.
Sud-huquq, sohasida tizimlilikning vujudga kelishi, mustaqil sud hokimiyati tarmoqlari - ma'muriy sudlarining tashkil etilishi iqtisodiy sudlar va umumiy yurisdiksiya sudlari o'rtasida taalluqlilik bilan bog'liq ayrim muammolarni ham keltirib chiqaradi.
Ushbu masalaning muhimligi shundaki, taalluqlilikning aniqlanishi arizachiga moddiy-huquqiy talab yo'nalishini ko'rsatadi va sudyaga da'vo arizasini ko'rib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilish imkoniyatini beradi.
Qonunchilikda iqtisodiy sudlar tomonidan nizolar va boshqa huquqiy ishlarni hal etishning protsessual holatlari belgilanganligi qonuniy va asoslantirilgan sud hujjatlarining chiqarilishini ta'minlaydi. Sud muhokamalarining aniq tartibi ishlab chiqilganligi tuganmas nizolarning kelib chiqishining oldini olishga, ishning mohiyati bo'yicha ko'rib chiqilishiga xizmat qiladi.
Iqtisodiy sudlarga u yoki bu nizoning taalluqliligini protsessual fan va amaliyotda keng foydalaniladigan va ishlab chiqilgan taalluqlilikning mezonlariga tayangan holda aniq belgilash mumkin.
Shuni qayd etish kerakki, taalluqlilik tushunchasi yuridik fanda ikki xil nuqtaiy nazarda shakllandi. Taalluqlilik, birinchidan, u yoki bu organga tegishli ishlar doirasini anglatsa, ikkinchidan, alohida organlar tomonidan hal etilishi lozim bo'lgan ishlarning xususiyatlarini tashkil etadi. Ikkala nuqtaiy nazar ham sudlovga taalluqlilikning mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Sudlovga taalluqlilikning mohiyatini aniqlash uchun uni sudning va sudga murojaat qiluvchi shaxslarning holatiga qarab ko'rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Sudning maqomi bo'yicha taalluqlilik bu mazkur sudga qonunlar bilan o'zining vakolatiga kiritilgan nizolar hamda boshqa ishlarni hal qilishidir, murojaat qiluvchi shaxsning pozitsiyasi bo'yicha taalluqlilik deganda esa alohida ish yoki boshqa ishning ushbu sud tomonidan hal etilishi tushuniladi.
Shunday qilib, ishning alohida sudga taalluqliligini ko'rsatib sud organining u yoki bu ishni o‘z vakolati doirasiga olishidan kelib chiqadi.
Qonunda sudlarning vazifalarini hisobga olgan holda maxsus protsessual shakllar belgilangan. Shuning uchun protsessual qonunchilikda taalluqlilikni aniqlashning tegishli qoidalari o‘z aksini topgan bo'lishi kerak. Umuman olganda, sudlovga taalluqlilik deganda sud organlarining huquq to'g'risidagi nizoli va boshqa huquqiy ishlarni ko'rib hal etishdagi vakolatlari tushuniladi.
Demak, taalluqlilik tushunchasi nazariya va qonunchilikda turli xil ma'nolarda talqin qilinadi:

  1. turli xil davlat, jamoatchilik, aralash (davlat-jamoatchilik) organlar va hakamlik sudlari huquq va boshqa huquqiy ishlarni davlat hokimiyati boshqaruvi usuli yordamida hal etishga ehtiyojdir;

  2. huquqni himoya qilishning u yoki bu shaklini belgilash, turli xil sohaviy normativ hujjatlarda o'rnatilgan, yuridik normalar majmuasini tashkil etuvchi huquqiy institut hisoblanadi;

  3. konstitutsiyaviy sud, umumiy yurisdiksiya sudlari, iqtisodiy sudlari, notariat organlari, mehnat nizolarini ko'rib chiquvchi va hal etuvchi boshqa organlarning alohida vakolatlaridir;

  4. sudga murojaat qilishga havola.

Iqtisodiy sudga taalluqli ishlar nafaqat protsessual qonunchilikda, balki moddiy qonunchilik hujjjatlarida ham o‘z ifodasini topgan bo'lishi mumkin.
Protsessual normalar yagona kodifikatsiyalashgan hujjatda mujassamlashtirilishi lozim degan fikrlar ham mavjud. Umuman olganda, bu fikrga qo'shilish mumkin, lekin shuni qayd etish kerakki, mavjud huquqiy munosabatlar va ulardan kelib chiquvchi nizolarning turli-tumanligini inobatga olib, ularning soni va sifati samaradorligiga erishish uchun taalluqlilik institutiga bu yondashuv orqali ijobiy natijaga erishib bo'lmaydi.
Bu holatda protsessual normalarning moddiy huquq normalarida mavjud bo'lishini istisno etib bo'lmaydi, lekin bunda umumiy qoidaga rioya qilinishi zarur, ya’ni ushbu turdagi normalar Iqtisodiy protsessual kodeksning umumiy tamoyillari va qoidalariga to‘liq muvofiq bo'lishi kerak. Shunday qilib, bu orqali sudlov ishlarini yuritishning bir maromligiga, buzilgan huquqlar va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarni himoya qilishning yagona shaklini saqlash kafolatini yaratadi.
Iqtisodiy sudlarga taalluqli ishlarning umumiy tavsifi Iqtisodiy protsessual kodeksining 25-moddasida berilgan. Ya’ni iqtisodiy sudga quyidagi ishlar taalluqlidir:
Iqtisodiy sudga quyidagi ishlar taalluqlidir:

  1. iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tartibda olgan fuqarolar, shuningdek korporativ nizolar bo'yicha ishlar ko'rilayotganda taraflar bo'lgan fuqarolar o'rtasidagi fuqaroviy, ma'muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolarga doir ishlar;

IPKning 25-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq fuqaro agar u yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lsa, iqtisodiy sudga taalluqli nizoning qatnashuvchisi deb tan olinadi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, lekin davlat ro‘yxatidan o‘tmagan fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olmaydi va bunday shaxslar ishtirokidagi nizolar IPK 25-moddasiga muvofiq iqtisodiy sudga taalluqli emas. Agar fuqaroning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligining amal qilishi, xususan, guvohnomaning amal qilish muddatining tugashi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligining bekor qilinganligi va hokazolar munosabati bilan tugatilganda ham masala xuddi shunday tartibda hal etilishi lozim. Agar fuqaroning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligining amal qilishi, xususan guvohnomaning amal qilish muddatining tugashi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligining bekor qilinganligi va hokazolar munosabati bilan tugatilganda, tegishli talablar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, iqtisodiy sudga taalluqlidir.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling