Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Da’vo arizasi, uning shakli va mazmuni


Download 464.55 Kb.
bet144/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Da’vo arizasi, uning shakli va mazmuni
Da’vo arizasiga nisbatan qo‘yiladigan protsessual talablar quyidagilardan iborat:

Izoh: IPKning 149-moddasiga muvofiq iqtisodiy sudga taqdim etilayotgan da’vo arizasi da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. O‘zining buzilgan huquqi va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni so‘rab sudga murojaat etayotgan shaxs da’vogar hisoblanadi. IPK 149-moddasining birinchi qismi mazmuniga ko‘ra da’vo arizasi da’vogarning rahbari yoki uning vakili tomonidan o‘z qo‘li bilan imzolangan bo‘lishi lozim. Bunda imzoning mexanik yoki boshqa nusxa ko‘chirish vositalari orqali amalga oshirilishiga qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari yo‘l qo‘yilmaydi.
Tugatilayotgan tashkilotning nomidan da’vo arizasi tugatish komissiyasining vakolatli vakili -tugatish komissiyasining raisi tomonidan imzolanadi. Yakka tartibda boshqariladigan ijro organining rahbari vazifasini bajaruvchisi da’vo arizasini imzolashga haqli, lekin bunda da’vo arizasiga uning maqomini tasdiqlovchi dalil ilova qilingan bo‘lishi lozim.
Agar tashkilotni hay’at organi boshqarsa va da’vo arizasiga uning rahbari yoki o‘rinbosarining uni imzolashga vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmagan bo‘lsa, sudya ishni sudda ko‘rishga tayyorlashda da’vogarga tegishli hujjatni taqdim etishni taklif qilishi kerak.

  • belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligi;

  • nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligi, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;

  • iqtisodiy sudning, umumiy sudning, hakamlik sudining ish yuritishida ayni bir shaxslar o‘rtasida, ayni bir predmet to‘g‘risida va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud emasligi;

  • bitta da’vo arizasida bir yoki bir necha javobgarga o‘zaro bog‘lanmagan bir necha talab birlashtirilmaganligi.


Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling