Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet152/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Ishlarning bir turdagi bo‘lishi deganda majburiyatlarning vujudga kelish asoslari va buzilgan huquqlarni himoya qilish usullarining muvofiqligi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning to‘liq mos kelishi tushuniladi.
Bir necha da’vo talablari, agar ular iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan nizoli moddiy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan holda o‘zaro bog‘liq bo‘lsa, birlashtirilishi mumkin (xususan, qaytarilmagan kredit, kreditdan foydalanganlik uchun foizlar va neustoykani undirish haqida; hujjatni haqiqiy emas deb topish va shu hujjat asosida to‘langan summalarni qaytarish haqida; bir necha transport hujjatlari bo‘yicha olingan va bitta qabul qilish hujjati bilan rasmiylashtirilgan yoki bitta hisob-kitob hujjati bo‘yicha to‘langan kamomad miqdorini undirish haqida).
Izoh: agar qo‘shimcha da’vo talabi dastlabki da’vo bilan bog‘liq bo‘lmasa yoki ikkala talabni birgalikda ko‘rish maqsadga nomuvofiq deb topilsa, sud IPK 155-moddasi birinchi qismining 8-bandiga mos holda uni qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Talablarning o‘zaro bog‘liqligi masalasi da’vo arizasini qabul qilishda iqtisodiy sud tomonidan hal etiladi.
Amaliyotda o‘zaro bog‘liqlik tushunchasi keng ma’noda qo‘llaniladi. Masalan, bir da’vo talabining o‘zida iqtisodiy sudga taalluqli bir necha talablar taqdim etilishi mumkin (asosiy qarz, zarar va neustoykani undirish).
Biroq, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning o‘xshashligi, da’vo talablarining predmeti va asosining yaqinligi, da’vogar tomonidan taqdim etilayotgan huquqiy munosabatlarning huquqiy tasnifi o‘xshashligi da’vo talablarining o‘zaro bog‘liqligi safatida qaralmasligi lozim.
Agar iqtisodiy sud ishni ko‘rish paytida boshqa iqtisodiy sud ish yurituvida o‘zining vujudga kelish asoslari va taqdim etilgan dalillari asosida qo‘yilgan talablari bilan uning ish yurituvidagi talablar bog‘liqligini aniqlasa, kelgusida bir- biriga qarama-qarshi sud hujjatini qabul qilinishini oldini olish maqsadida sudya ish yuritishni to‘xtatib turishi mumkin.
Iqtisodiy sud ayni bir shaxslar ishtirok etuvchi bir turdagi bir necha ishni bitta ish yuritishga birlashtirishga haqli, agar:
birinchidan, mazkur ishlarda ayni bir shaxslar (da’vogar va javobgar) ishtirok etayotgan bo‘lsa;
ikkinchidan, ular bir turdagi, ya’ni bir toifadagi ishlar bo‘lsa.
Ishlar birlashtirilganda ham har bir talab o‘zining mustaqil ahamiyatini saqlab qoladi, shuning uchun ham hal qiluv qarorida har bir talab bo‘yicha alohida xulosa bo‘lishi lozim.
Iqtisodiy sud agar talablarni ajratib ko‘rish odil sudlovning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi deb hisoblasa, bir yoki bir necha birlashtirilgan talab alohida ish yuritishga ajratilishi mumkin. Bu nizoli moddiy-huquqiy munosabat va ish bo‘yicha subyektiv tarkibning xarakteri, talablarning mazmuni va har bir da’vo talabi bo‘yicha keltirilayotgan dalillarning mavjud yoki mavjud emasligi bilan ham asoslanadi.
Talablarni alohida ish yurituvga ajratishning yagona mezoni bu protsessual maqsadga muvofiqdir. Sudning bu harakatlari ham uning huquqi bo‘lib hisoblanadi.
Ishlarni birlashtirish va talablarni alohida ish yuritishga ajratish masalasi ish birinchi instansiyada ko‘rib sud hujjati qabul qilingunga qadar amalga oshirilishi mumkin.
Bir necha da’vo talablarini birlashtirish tashabbusi bilan da’vogar ham da’vo arizasi ish yurituvga qabul qilingan so‘ng iqtisodiy sud ham ishlarni birlashtirishga haqli bo‘ladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling