Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet150/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: Alohida hollarda sud da’vogarning arizasiga ko‘ra, uning mulkiy ahvoliga qarab, davlat bojini to‘lashni kechiktirishga yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun ruxsat berishga haqli.
Bunda da’vogar tomonidan uning mulkiy holatini tasdiqlovchi hujjatlar, ya’ni soliq organi tomonidan tasdiqlangan bank hisob raqamlari va boshqa hisoblar ro‘yxati, mazkur hisoblar ochilgan banklarning nomi va manzili (bunga yuridik shaxsning filiallari va vakolatxonalarining hisob raqamlari ham kiradi)da davlat bojini to‘lash uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘ining mavjud emasligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomalari, shuningdek hisob raqami egasining ijro varaqlari va to‘lov hujjatlari bo‘yicha umumiy qarz miqdori to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomalari taqdim etilishi lozim.
Davlat boji to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi iltimosnoma faqat obyektiv asoslar bo‘lganda va taqdim etilgan hujjatlar davlat boji to‘lash uchun zarur bo‘lgan miqdordagi pul mablag‘lari bank hisob raqamlarida mavjud emasligini tasdiqlagan hollarda qanoatlantirilishi mumkin. Bunday hujjatlar bo‘lmaganida iltimosnomani qanoatlantirish rad qilinadi.

  1. Mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni da’vogar taqdim etmagan bo‘lsa. Agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, taraflar o‘zaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini ko‘rganlaridan so‘nggina iqtisodiy sudda ish qo‘zg‘atish mumkin. Bunday tartib, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi, “Temiryo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilab qo‘yilgan. Nizolarni sudgacha hal etish (talabnoma yuborish) tartibi da’vogar uchun faqat qonun va shartnomada belgilangan hollarda majburiy ekanligini nazarda tutish lozim. Agar u nizomlar, qoidalar va boshqa qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa ham, qonunda ularni qo‘llash haqidagi havola normalari belgilangan hollardan tashqari, unga rioya qilish taraflar uchun majburiy hisoblanmaydi. Agar shartnomada taraflar tomonidan kelib chiqqan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish haqidagi shart nazarda tutilgan bo‘lsa, ammo nizoni hal etish tartibi belgilanmagan bo‘lsa, bu holda nizoni talabnoma yuborish yo‘li bilan hal etish tartibi majburiy hisoblanmaydi.

  2. Bitta da’vo arizasida bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan bir nechta talab birlashtirilgan bo‘lsa. Ushbu asos bo‘yicha da’vo arizasini qaytarish to‘g‘risidagi ajrim chiqarishda, bir yoki bir necha birlashtirilgan talablarni alohida ish yurituvga ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqish lozim.

  3. Qonun hujjatlariga yoki shartnomaga ko‘ra qarz bank yoki boshqa kredit tashkiloti orqali olinishi kerak bo‘lganda qarzni javobgardan olish uchun bankka yoxud boshqa kredit tashkilotiga murojaat qilinganligiga doir dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa. Mazkur asos qonun hujjatlariga yoki shartnomaga muvofiq, qarzdor tomonidan tan olingan qarzni hisobdan chiqarish uchun bank yoki boshqa kredit muassasasi orqali to‘lov talabnomasini taqdim etish orqali olinishi nazarda tutilgan hollarda qo‘laniladi.


Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling