Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


BOB. ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH


Download 464.55 Kb.
bet154/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

12 BOB. ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH

  1. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlashning maqsadi va vazifalari

Har bir ishni sudda ko‘rishga tayyorlash sudning odil sudlovni amalga oshirish vazifasini bajarishiga qaratilgan iqtisodiy protsessning zaruriy hamda mustaqil bosqichi hisoblanadi. Bu bosqich da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish bilan sud muhokamasi bosqichlarini o‘zaro bog‘lab turuvchi bo‘g‘indir, uning maqsadi iqtisodiy nizoni to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilinishini ta’minlashdan iborat.
Ishni ko‘rishga tayyorlash vazifalari:

  • nizoli huquqiy munosabatning xarakteri va qo'llanishi lozim bo'lgan qonun hujjatlarini, ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash;

  • ishda ishtirok etuvchi shaxslar tarkibi va iqtisodiy protsessning boshqa ishtirokchilarini aniqlash masalasini hal etish;

  • ishda ishtirok etuvchi shaxslarga zarur bo‘lgan dalillarni taqdim etishda ko‘maklashish;

  • taraflarni murosaga keltirish hisoblanadi.

Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichi sudya tomonidan har qanday ishni ko‘rishda amalga oshirilishi lozim. Bu qoidaga rioya qilmaslik amaliyotda ishlar ko‘rilishini cho‘zilib ketishiga, ayrim hollarda esa noto‘g‘ri qarorlarni qabul qilinishiga olib keladi. Ishni ko‘rishga puxta, to‘liq tayyorgarlik ko‘rilmasligi natijasida sudda ishni ko‘rishni keyinga qoldirishga, bu esa sudya tomonidan yangi sud majlisi o‘tkazishni tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirishini, yana qo‘shimcha vaqt sarflashini talab etadi. Buning natijasida sudya tomonidan ko‘riladigan boshqa ishlarning o‘z vaqtida ko‘rilishiga va ularning sifatiga ham ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Shu bilan birga, bularning hammasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning xam ortiqcha vaqt va harajatlar sarflashiga ham olib keladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling