Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bo‘yicha sudyaning harakatlari
Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichi da’vo arizasi qabul qilinganidan keyin boshlanadi. Sudya taqdim qilingan materiallarni o‘rganar ekan, eng avvalo, da’vo arizasi ish yurituviga qabul qilinishiga to‘sqinlik qiladigan holatlar, ya’ni da’vo arizasini qaytarish yoki da’vo arizasini qabul qilishni rad etish uchun asoslar bormi yoki yo‘qligini aniqlaydi. Sudya ishni sudda ko‘rishga to‘siqlar yo‘qligiga ishonch hosil qilganidan keyingina ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichiga kirishadi.
Iqtisodiy protsessual kodeksning 163-moddasiga binoan sudya ishni sud muhokamasiga tegishli tartibda tayyorlashi zarur, chunki bu nizoni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal qilishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqida arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatilishi mumkin.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlashda sudya tomonidan bajariladigan harakatlar sud muhokamasini mukammal va tez o‘tkazish uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. IPK 163-moddasining birinchi qismida qayd etilgan harakatlarning barchasini bajarish talab etilmaydi. U yoki bu harakatlar bajarilishining zaruriyati har bir holatda sudyaning ixtiyorida bo‘lib, nizoning holatlariga va ishda ishtirok etuvchilarning faolligiga bog‘liq. IPK 122- moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bo‘yicha harakatlarning ro‘yxati tugal hisoblanmaydi hamda sudya nizoni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal etishga qaratilgan boshqa harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ishlarini sudda ko‘rishga tayyorlash yuzasidan qilinadigan protsessual harakatlarning mazmuni qonunda belgilangan, unda ishni sudda ko‘rishga tayyorlash paytida sudya da’vo arizasi kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay quyidagi harakatlarni amalga oshirishi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |