Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ishni sudda ko'rishga tayyorlash bo'yicha sudya harakatlarining turlari


Download 464.55 Kb.
bet157/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ishni sudda ko'rishga tayyorlash bo'yicha sudya harakatlarining turlari

Sudyaning protsessual talablar bilan cheklanmagan, mustaqil aniqlanadigan va o'zini tayyorlashga qaratilgan erkin harakatlar

Ommaviy xarakter kasb etadigan, majburiy, qat'iy protsessual shakl bilan qamrab olingan, IPKda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladigan harakatlar


Sudya harakatlarning erkin shaklida qo‘yilgan talablar mohiyatini va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan e’tirozlarni, nizoli huquqiy munosabatning xarakterini va qo‘llaniladigan qonunchilik normalarini, ish uchun ahamiyatli dalillarni va ishda ishtirok etuvchi shaxslar tarkibini aniqlaydi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun sudya:

  • ish materiallarini o'rganadi, da'voning asosi va predmetini belgilaydi, ish uchun ahamiyatli holatlarni, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tarkibini aniqlaydi va qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonunchilikni o‘rganadi.

  • ishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirtiradi. Masalan, da’vogardan da’vo talablarining mohiyatini tushuntirish, noaniqlik mavjud bo‘lgan da’vo talablarini aniqlashtirish va javobgar tomonidan qilinishi mumkin bo‘lgan e’tirozlar bo‘yicha tushuntirishlar olishi mumkin. Javobgardan esa uni e’tirozlarining mohiyatini va uni asoslovchi dalillarni taqdim etishni taklif etadi.

Izoh: Ishni sudda ko‘rishga tayyorlashda, agar sud nizoni mavjud dalillar asosida ko‘rishning imkoniyati yo‘q deb hisoblasa (IPK 163-moddasi birinchi qismining 3-bandi), ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qo‘shimcha ma’lumot taqdim qilishni taklif etishga haqli.
- ishda ishtirok etish uchun boshqa javobgar yoki uchinchi shaxsni jalb qilish masalasini ko‘rib chiqadi. Da’vo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlarni o‘rganish jarayonida da’vo taqdim etish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan da’vo taqdim etilganligi yoki da’vo bo‘yicha javob berishi lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan taqdim etilganligi aniqlanishi mumkin. Bundan tashqari, ish bo‘yicha hal qiluv qarori boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aniqlangan holatlar ham bo‘ladi.
Masalan, bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo bo‘yicha ishni sudda ko‘rishga tayyorlash paytida sud bitimning barcha taraflari va boshqa manfaatdor shaxslarni ishga jalb qilish masalasini ko‘rib chiqishi lozim.
- taraflarni kelishtirish choralarini ko‘radi. Bunda sudya nizoni kelishuv yo‘li bilan hal qilish imkoniyati mavjudligi, uni tuzishning oqibatlarini tushuntiradi. IPK 163-moddasi birinchi qismining 8-bandiga muvofiq sudya taraflarni murosaga keltirish choralarini ko‘radi. Iqtisodiy sudlar nizoning xarakteridan kelib chiqqan holda ishni kelishuv bitimi tuzish yo‘li bilan tamomlashga ko‘maklashishlari lozim. Nizoni kelishuv bitimi tuzish bilan hal etish imkoniyati ishni sud muhokamasiga tayyorlash paytida ham (IPK 163- moddasi birinchi qismining 8-bandi), sud muhokamasi jarayonida ham (IPKning 130-moddasi) aniqlanishi lozim. Taraflar tomonidan tuzilgan kelishuv bitimining shartlari ijro qilinayotganda uning mazmuni bo‘yicha noaniqliklar va nizolar bo‘lmasligi uchun ajrimning xulosa qismida aniq va ravshan ifodalangan bo‘lishi lozim. Kelishuv bitimini tasdiqlash haqida ajrim chiqariladi (IPKning 133- moddasi). Kelishuv bitimi agar u qonun hujjatlariga xilof bo‘lmasa, boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasa va shart asosida tuzilmagan bo‘lsa, iqtisodiy sudlar hujjatlari ijrosini tartibga soladigan umumiy qoidalar hisobga olingan holda ijro qilinadigan iqtisodiy sudning ajrimi bilan tasdiqlanadi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling