Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet142/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Masalan, Nizoli bo‘lgan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talab faqat FKda ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan taqdim etilishi mumkin. Shu bois sud muhokamasi davomida da’vogarda nizoli bo‘lgan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo taqdim etish huquqi mavjud emasligi aniqlansa, da’voni qanoatlantirish rad etiladi, IPK 38-moddasining birinchi qismiga asosan da’vogar almashtirilgan hollar bundan mustasno.
O‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi talabni bunday bitim huquq va manfaatlariga ta’sir qiluvchi har qanday manfaatdor shaxs taqdim etishi mumkin. Shu bilan birga, sud o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim haqiqiy emasligining oqibatlarini o‘z tashabbusi bilan ham qo‘llashga haqli.
Yana bir misol, Jamiyat kuzatuv kengashining yoki ijroiya organi tomonidan minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining faoliyatiga aralashish, qo‘mitaning normal faoliyat yuritishi uchun to‘sqinlik qilingan holatlarda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli organ minoritar aksiyadorlar manfaatida ushbu harakatlarni (harakatsizlikni) noqonuniy deb topish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishi mumkin. Bunday toifadagi ishlarda javobgar sifatida jamiyat kuzatuv kengashining yoki ijroiya organi emas, jamiyat ishtirok etadi.
Da’vo arizasini ish yurituvga qabul qilishning birinchi sharti nizoning iqtisodiy sudda ko‘rib chiqishga tegishli bo‘lishidir. Agar nizo iqtisodiy sudning sudloviga tegishli bo‘lmasa, da’vogarning da’vo taqdim etish huquqi mavjud emas.
Da’vo taqdim etishning ikkinchi sharti ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ishni yuritishni tugatish to‘g‘risida iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ajrimi yoxud umumiy sudning kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida hal qiluv qarori yoki ajrimi bo‘lmasligidir. Uning mohiyati shundaki, sudlar ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ishni faqat bir marotaba ko‘rib chiqadilar.
Da’vo taqdim etishning uchinchi sharti iqtisodiy sudning, umumiy sudning, hakamlik sudining ish yuritishida ayni bir shaxslar o‘rtasida, ayni bir predmet to‘g‘risida va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lmasligidir. Qonunning ushbu ko‘rsatmasi sudlar o‘rtasida nizolarni ko‘rib chiqishda takrorlashlarga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek nizoni bir-biriga qarama qarshi sud hujjatlarini qabul qilinishiga olib kelmaslik, boshqacha qilib aytganda nizoni hal qilishda bir xil yondashuv bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.
Da’vo taqdim etishning to‘rtinchi sharti ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qabul qilingan hakamlik sudining qonuniy kuchga kirgan qarori bo‘lmasligidir.
Iqtisodiy sud hakamlik sudining qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etib, ishni qarorni qabul qilgan hakamlik sudiga yangidan ko‘rish uchun qaytargan, biroq ishni o‘sha hakamlik sudida ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan hollar bundan mustasno.
Da’vo taqdim etishning beshinchi sharti ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hakamlik muhokamasini tugatish to‘g‘risida chiqarilgan ajrim bo‘lsa, bundan hakamlik sudida ushbu nizoni ko‘rib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli hakamlik muhokamasi tugatilganligi holati mustasno.
Sudya da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ariza kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan yuboriladi. Da’vogarga yuborilayotgan ajrimga da’vo materiallari ilova qilinadi.
Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda da’vo arizasi iqtisodiy sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling