Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet139/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Da'voni ta'minlash choralari

javobgarga tegishli bo'lgan mol- mulk yoki pul mablag'larini xatlab qo'yish

javobgarga muayyan harakatlar bajarishni taqiqlash

boshqa shaxslarga nizo
predmetiga aloqador bo'lgan muayyan harakatlarni bajarishni taqiqlash

da'vogar nizolashayotgan, undirish so'zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjjati yoki boshqa hujjjat bo'yicha undirishni to'xtatib turish

mol-mulkni xatlashdan ozod qilish to'g'risidagi ariza ko'rib chiqilgan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilishni to'xtatib turish

nizoli mol-mulk buzilishining, holati yomonlashishining oldini olish maqsadida javobgarning zimmasiga muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini

yuklatish
nizoli mol-mulkni uchinchi shaxs (saqlovchi)ga o'tkazish
Qonunchilik hisobraqamiga band solish kabi da'voni ta'minlash chorasini
nazarda tutmaydi. Shuning uchun ishda ishtirok etuvchi shaxsning javobgarga tegishli bo‘lgan pul mablag‘lariga band solish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqishda hisobga olish kerakki, kredit muassasasidagi hisobraqami emas, balki da’voda ko‘rsatilgan summa doirasida hisobraqamlarida mavjud bo‘lgan mablag‘lari xatlanadi.
Mol-mulk agar u uzoq saqlanganda o‘zining sifatini yo‘qotmasa, xatlanishi mumkin. Bunday chora, xususan, tez buziladigan mahsulotlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Pul mablag‘lari hisobdan chiqariladigan yoki mol-mulkni sotishga qaratilgan hujjatni haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo arizasi berilgan hollarda, da’vogarning arizasiga ko‘ra, javobgarga bu mablag‘larni hisobdan chiqarish yoki mol-mulkni sotishni taqiqlash haqidagi masala hal etilishi mumkin.
Protsessual qonunchilik iqtisodiy sudning nafaqat javobgarga, balki boshqa shaxslarga ham muayyan harakatlarni qilishni taqiqlash huquqini nazard tutadi, albatta, agar bu harakatlar nizoning predmetiga aloqador bo‘lsa.
Javobgarga va boshqa shaxslarga muayyan harakatlar qilishni taqiqlash mavjud vaziyatni kelgusida saqlab qolish maqsadini nazarda tutadi. Chunonchi, javobgarga ma’lum bir mahsulotni qayta ishlashni taqiqlashi mumkin. Javobgardan tashqari boshqa shaxslarga nizoning predmetiga aloqador muayyan harakatlarni qilishni taqiqlash masalasida esa javobgarga mol-mulkni berishni, unga nisbatan aniq majburiyatni bajarishni nazarda tutish mumkin.
Davlat organi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan noqonuniy hujjat qabul qilinganligi yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan g‘ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) sodir etilganligi natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararlarning o ‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da‘volarni ko‘rishda sud da‘vogarning arizasi bo‘yicha da’voni ta’minlash choralarini korishi shart.
Iqtisodiy sudlar undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish haqidagi da’volarni ko‘rib chiqadi. Bunday talablar yuzasidan da’voni ta’minlash, so‘zsiz hisobdan chiqarishga asos bo‘layotgan tegishli hujjatga da’vogar e’tiroz bildirayotgan vaqtda javobgarga pul mablag‘larini so‘zsiz tartibda hisobdan chiqarish huquqidan foydalanishga to‘sqinlik qiladi.
Da’voni ta’minlashning mol-mulkni xatlashdan ozod qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etilgan taqdirda uni realizatsiya qilishni to‘xtatib turish chorasi iqtisodiy sudning hal qiluv qarori ijro etilayotganda boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilinishiga qaratilgan. Boshqa shaxslar tomonidan arz qilingan va undirishga qaratilgan mulkning tegishliligi bilan bog‘liq bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi nizo, iqtisodiy sud tomonidan umumiy asoslarda mol-mulkni xatlashdan ozod qilish to‘g‘risidagi da’vo sifatida ko‘rib chiqiladi.
Iqtisodiy protsessual kodeksda nazarda tutilgan da’voni ta’minlash bo‘yicha iqtisodiy sud tomonidan qo‘llaniladigan choralar ro‘yxati mukammaldir, iqtisodiy sud da’voni ta’minlash bo‘yicha o‘zga choralarni qo‘llashga haqli emas.
Zarur hollarda da’voni ta’minlash uchun bir necha chora qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Iqtisodiy sud da’voni ta’minlashga yo‘l qo‘yar ekan, javobgarning iltimosnomasiga ko‘ra da’vogardan javobgar ko‘rishi mumkin bo‘lgan zarar qoplanishining ta’minlovini talab qilishi mumkin.
Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrim sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro etiladi.
Da’voni ta’minlash choralarini ijro etish majburiyati sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan shaxsga da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrimni ijro etmaganlik uchun IPKda belgilangan tartibda sud jarimasi solinadi.
Iqtisodiy sudning da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrimini ijro etmaslik bilan yetkazilgan zararni qoplashni da’vogar o‘sha iqtisodiy sudda da’vo taqdim etish yo‘li bilan talab qilishga haqli.
Da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda iqtisodiy sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirishi mumkin.
Iqtisodiy sud dastlab belgilangan chora yetarli emasligi yoki o‘zini oqlamaganligi holatida da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish masalasi vujudga keladi.
Almashtirish da’vogarning hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, jumladan, agar da’voni ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan chora javobgarning ham huquqlarini ancha cheklab qo‘yayotgan bo‘lsa, javobgarning tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish masalasi Iqtisodiy protsessual kodeksda nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
Pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi da’voni ta’minlashda javobgar da’voni ta’minlash bo‘yicha belgilangan choralarni qo‘llash o‘rniga iqtisodiy sudning depozit hisobvarag‘iga da’vogar talab qilayotgan summani to‘lashga haqli. Faqatgina pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha almashtirishning bunday imkoniyatini nazarda tutgan. Da’voni ta’minlash bo‘yicha belgilangan chora o‘rniga tegishli summani to‘lash bevosita javobgar tomonidan amalga oshiriladi. Iqtisodiy sud uni bunday summani to‘lashga majbur etishga haqli emas.
Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrim iqtisodiy sudning hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro etiladi.
Da’voni ta’minlash ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra ishni ko‘rayotgan iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi mumkin. Da’voni ta’minlashni bekor qilish masalasi sud majlisida hal qilinadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlis vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadilar, biroq ularning kelmasligi da’voni ta’minlashni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Da’voni ta’minlashni bekor qilish masalasini ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
Da’voni rad qilish haqidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganda ishni birinchi instansiyada ko‘rgan iqtisodiy sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi yoki o‘zining tashabbusi bo‘yicha da’voni ta’minlashni bekor qilishga majbur. Iqtisodiy sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi yoki o‘zining tashabbusi bo‘yicha, agar da’voni ta’minlashga sabab bo‘lgan asoslar yo‘qolgan deb topsa, da’voni rad etish haqidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar ham da’voni ta’minlashni bekor qilishga haqli. Da’vo qanoatlantirilganda uni ta’minlash chorasi hal qiluv qarori haqiqatda ijro etilgunga qadar amal qiladi.
Biroq iqtisodiy sud hal qiluv qarori bilan bir vaqtda yoki u qabul qilinganidan keyin da’voni ta’minlashni bekor qilish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin. Da’vo rad etilgan holda iqtisodiy sud da’voni ta’minlash chorasini bekor qilish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin. Bunda protsessual qonunchilik alohida ajrim chiqarilishini nazarda tutadi va da’voni rad etish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorida da’voni ta’minlash chorasining bekor qilinishi ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Hakamlik sudining da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori da’voni ta’minlash choralari iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi uchun asos bo‘ladi.
Da’voni ta’minlashni bekor qilish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
Da’voni rad etish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, javobgar o‘sha iqtisodiy sudda da’vo taqdim etish yo‘li bilan da’vogardan da’voni ta’minlash tufayli o‘ziga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling