Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet136/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Da'vo taqdim etish huquqi - bu manfaatdor shaxsning protsessual tartibda subektiv moddiy huquqini himoya qilish imkoniyatiga ega bo'lishdir.
Da’vo taqdim etish huquqi da’vo taqdim etishning protsessual-huquqiy tomoni bo'lsa, da'voni qanoatlantirilishiga bo'lgan huquq - da'vo taqdim etish huquqining moddiy-huquqiy tarafi hisoblanadi. Agar da’vogarda ushbu huquq layoqatining ikkalasi ham mavjud bo‘lsa, u o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni so‘rab iqtisodiy sudga da’vo taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi.
Boshqacha qilib aytganda, da’vo taqdim etish huquqi bu nafaqat moddiy huquqning buzilishi, balki da’vo shaklida va uni majburiy amalga oshirishning protsessual tartibida himoyaga ega bo‘lish imkoniyatidir.
Iqtisodiy protsessda sud himoyasida bo‘lish huquqi da’vo taqdim etish huquqi asosida amalga oshiriladi. Da’vo taqdim etishga huquqning mavjudligi yoki yo‘qligi da’vo arizasini ish yurituvga qabul qilish paytida tekshiriladi. Agar da’vogarning da’vo taqdim etishga huquqi bo‘lmasa, sud da’vo arizasini qabul qilmaydi. Da’vo taqdim etishning moddiy-huquqiy tomoni sud majlisida nizoni hal etish jarayonida tekshiriladi. Da’vogarning javobgarga nisbatan bo‘lgan talabining faktik va yuridik jihatdan asoslanganligi da’voni qanoatlantirilishiga olib keladi, natijada da’vogarning da’voni qanoatlantirish huquqi vujudga keladi. Da’vosini qanoatlantirilishi huquqining mavjud emasligi da’voni qanoatlantirishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Iqtisodiy sud ytarli asoslar bo‘lgandagina da’vo arizasini qabul qiladi, aks holda Iqtisodiy protsessual kodeksning 154-moddasiga asosan qabul qilishni rad etadi:

  1. nizo sudga taalluqli bo‘lmasa;

Izoh: Ishning iqtisodiy sudga taalluqliligi IPK 25 va 26-moddalarining talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Agar nizo iqtisodiy sudning sudloviga tegishli bo‘lmasa, da’vogarning da’vo taqdim etish huquqi mavjud emas.

  1. ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrimi yoxud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning hal qiluv qarori yoki kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida ajrimi bo‘lsa;


Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling