Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Da’voning asosi deb da’vo talabini tasdiqlaydigan dalillarga aytiladi


Download 464.55 Kb.
bet134/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Da’voning asosi deb da’vo talabini tasdiqlaydigan dalillarga aytiladi.
Masalan, taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnoma, shartnoma lozim darajada bajarilmaganligini tasdiqlovchi holatlar va hokazo.
Da'voning asosi - bu manfaatdor shaxslar o'rtasida moddiy qonunchilikda huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishiga qaratilgan faktik holatlardir.
Da’voning elementlarini aniq belgilash orqali, ya’ni da’voning predmeti va asosi bir-biriga muvofiq kelganda iqtisodiy sud da’vo arizasi yuzasidan ish qo‘zg‘atadi.
Masalan, da’vogar IPK 157-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan da’vo asosini yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talablari miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish huquqidan birinchi instansiya sudida hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar foydalanishi mumkin. Bu norma ish boshqa instansiyalarda ko‘rilayotganida qo‘llanilmaydi. Qayd etilgan huquq da’vogar tomonidan, shuningdek hal qiluv qarori apelltasiya, kassatsiya instansiyalari tomonidan yoki nazorat tartibida bekor qilinib, ish yangidan birinchi instansiya sudida ko‘rilayotganda foydalanilishi mumkin. Da’vo predmetining o‘zgarishi da’vogarning javobgarga nisbatan moddiy-huquqiy talablarining o‘zgarishini bildiradi. Da’vo asosini o‘zgartirish da’vogarning javobgarga nisbatan o‘z talablarini asoslantirgan holatlarning o‘zgarishini bildiradi. Da’vo predmeti va asosi tushunchalaridan shu narsa kelib chiqadiki, agar bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi talab shartnomani bekor qilish talabi bilan almashtirilsa va bu o‘zgarishga boshqa asoslar keltirilsa, bunday holda da’voning predmeti va asosi o‘zgargan hisoblanadi. IPK da’vo predmeti va asosini bir vaqtda o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaydi. Da’vo talablari miqdorining ko‘paytirilishi deganda, da’vogar tomonidan da’vo arizasida bayon qilingan o‘sha talab bo‘yicha da’vo summasining ko‘paytirilishi tushuniladi. Da’vo talablari miqdorining ko‘paytirilishi da’vogar tomonidan da’vo arizasida ko‘rsatilmagan qo‘shimcha talablarni taqdim qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Masalan, mulkiy sanksiyalarni qo‘llash haqidagi talab asosiy qarzni undirish to‘g‘risidagi da’vo bo‘yicha talablar miqdorining ko‘paytirilishi deb hisoblanmasligi kerak. Bunday talab mustaqil ravishda bildirilishi mumkin.
Da’vogar tomonidan ko‘zlanayotgan protsessual maqsadga qarab da’vo quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • javobgarni muayyan harakatlar qilishga majburlash yoki muayyan harakatlarni qilishni ta’qiqlashga qaratilgan da’volar (qarzdorlikni undirish, zararni undirish, mol-mulni talab qilib olish);

  • taraflar o‘rtasida huquqiy munosabatning mavjud yoki mavjud emasligini tan olishga qaratilgan da’volar (bitimni haqiqiy emas deb topish, mulkka nisbatan egalik huquqini belgilash);

  • huquqiy munosabatni o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan da’volar (shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish).


Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling