Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet132/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

KAZUSLAR
1-kazus
Kreditor “Medical” iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qilib, qarzdor “SAU” xususiy korxonasidan qarzdorlikni undirish uchun sud buyrug‘i berishni so‘ragan.
2017 yil 1 dekabrda tan olingan 56.000 AQSh dollari qiymatidagi pul mablag‘larni undirish uchun sud tomonidan sud buyrug‘i berilgan.
Sudning mazkur hujjatidan norozi bo‘lib, qarzdor 2018 yil 28 martda sud buyrug‘ini bekor qilishni so‘rab, iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qilgan. Arizada sudga sud buyrug‘ini undirish uchun berilgan ariza sudga berilishidan tegishli ravishda xabardor bo‘lmaganligini vaj qilib keltirgan. Biroq sud arizachining ushbu talabini inobatga olmasdan, ariza uch oy o‘tgandan so‘ng berilganligini asos qilib keltirib, arizachining sud buyrug‘ini bekor qilish haqidagi arizasini qanoatlantirishni rad etgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
2-kazus
Kreditor iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qilib, qarzdor “MOON” kompaniyasi (Germaniya) hisobidan 156.789 AQSh dollari qiymatidagi debitor qarzdorlikni undirish uchun sud buyrug‘i berishni so‘ragan. Bundan tashqari, “MOON” kompaniyasi esa sudga yozma fikr yuborib, unda ushbu qarzdorlik summasining yarmini to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib yuborgan. Sud tomonidan qarzdorliki undirish uchun sud buyrug‘i berilgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
10 BOB. DA’VO VA HIMOYANING BOSHQA VOSITALARI
1. Da’vo tushunchasi, elementi va turlari
IPKning 3-moddasiga muvofiq har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni so‘rab iqtisodiy sudga Iqtisodiy protsessual kodeksda belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli. Bunda manfaatdor shaxs deganda, o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari va qonuniy manfaatlari to‘g‘risida murojaat qilayotgan shaxs tushunilishi lozim.
Iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas hisoblanadi.
Iqtisodiy sudlarning iqtisodiyot va boshqa sohalardagi nizolarni hal etish vakolatini amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati qonunda belgilangan shakllarda amalga oshiriladi. Iqtisodiy protsessual huquqda himoyaning eng asosiy vositalaridan biri da’vo hisoblanadi. Iqtisodiy sud huquq to‘g‘risidagi nizoni ko‘rib chiqadi, agar huquq to‘g‘risida nizo bo‘lmasa, iqtisodiy protsessda ham da’voli tartibda ish yuritilmaydi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling