Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi


Download 464.55 Kb.
bet128/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi
arizani qabul qilishni rad etish asoslari:

  1. bildirilgan talab XPKning 103-moddasida nazarda tutilmagan bo‘lsa;

  2. ariza XPKning 104-moddasida belgilangan talablarga rioya qilmagan holda berilgan bo‘lsa;

  3. bildirilgan talabni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa;

  4. qarzdorga ariza nusxasi topshirilgani to‘g‘risidagi dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa;

  5. bildirilgan talab uchun davlat boji to'lanmagan bo'lsa.

Shuni ta’kidlash kerakki, sud buyrug‘i berish tartibidagi ishlarni ko‘rishda IPKning boshqa umumiy qoidalariga ham asoslaniladi. Masalan, quyidagi jadval orqali arizani qabul qilishni rad etish IPKning 140-moddasi tartibida hal etilsa-da, boshqa asoslar mavjud bo‘lganida IPKning 154-moddasi ham asos bo‘lishi mumkin.

Sud buyrug'i bo'yicha ayrim vaziyatlarda sudyaning xatti-harakatlari to'g'risida jadval

Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizaga arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan taqdirda, uni qabul qilish IPK 141- moddasi birinchi qismining 3-bandiga asosan rad etiladi.

Agar qonunda yoxud shartnomada nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya qilinishi belgilangan bo'lsa, sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizaga ushbu tartibga rioya qilinganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinishi kerak. Bunday dalillar ilova qilinmagan taqdirda, ariza IPK 155-moddasi bmnchi qismining 7-bandiga mos holda qaytariladi.

Davlat boji to'lanmagan bo'lsa, IPKning 141- moddasi 5-bandiga asosan arizani qabul qilish rad etiladi.

Agar sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizaga pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmagan bo'lsa, ariza IPK 155-moddasi bmnchi qismining 6-bandiga mos holda qaytariladi.

Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi ariza yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan kreditor tomonidan yoki yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan qarzdorga nisbatan berilganda, arizani qabul qilish IPK 154-moddasi bmnchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi.

Sudlar inobatga olishlari kerakki, agar sud buyrug'i berilgunga qadar kreditordan sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizani qaytarish yoki talabdan voz kechish haqida ariza berilgan bo'lsa, sud buyrug'ini berish to'g'risidagi ariza IPK 141- moddasining 7-bandiga mos holda qaytariladi.

Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish, berishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi va ushbu ajrimlar ustidan shikoyat qilinishi mumkin. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan ajrimlar IPK 197-moddasiga asosan ular chiqarilgandan keyin besh kunlik muddatda taraflarga yuboriladi yoki ularga tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzili mavjud bo‘lgan taqdirda esa ajrimlar axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling