Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Sud buyrug‘i mazmuni, berish tartibi va uni bekor qilish


Download 464.55 Kb.
bet129/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Sud buyrug‘i mazmuni, berish tartibi va uni bekor qilish

Qarzdor unga sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza nusxasi topshirilgan paytdan boshlab o‘n kunlik muddatda iqtisodiy sudga kreditor talablariga qarshi e’tirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan fikr-mulohazasini taqdim etishga haqli bo‘ladi.
Masalan, 2018 yil 1 yanvar kuni qarzdorga va sudga ariza topshirilgan bo‘lsa, 10 kun ichida qarzdor qarshi e’tirozini, ya’ni yozma fikrini taqdim etadi.
IPKning 142-moddasi qoidasiga binoan belgilangan muddatda qarzdor tomonidan yozma fikrning berilmasligi, shuningdek uning bildirilgan talabga roziligi sud buyrug‘ini berish uchun asos bo‘ladi, chunki sud buyrug‘i taraflarni chaqirtirmasdan beriladi va bunday ishlar bo‘yicha sud muhokamasi o‘tkazilmaydi.
Sud buyrug‘ini berish muddatlari 3 xil holatda har xil belgilanadi. Chunki IPKda sud buyrug‘ini berish muddati ko‘rsatilmagan. Quyidagi jadvalda sud buyrug‘ini berish muddatlarini misollar yordamida tushunib olish mumkin.
Sud buyrug'ini berish muddatlari
Birinchi holat, ya'ni bu yozma fikrni taqdim etish uchun qarzdorga berilgan o‘n kunlik muddat tugaganidan keyingi kundan yoki bildirilgan talabga qarzdorning roziligi haqidagi yozma fikri kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan beriladi. Bu 2018 yil 11 yanvar kuni sud buyrug'i beriladi. O‘n kunlik muddat sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizaning nusxasi qarzdorga topshirilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ikkinchi holat, ya'ni agar arizaning nusxasi topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatda bunday sana ko'rsatilmagan bo'lsa, masalan, 2018 yil yanvar oyining qaysidir kunida qarzdorga berilganu, bu sana ko'rsatilmagan bo'lsa va ariza 18 yanvar kuni sudga topshirilgan bo'lsa, o‘n kunlik muddat ushbu ariza sudga kelib tushgan kundan boshlab hisoblanadi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling