Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq
Download 464.55 Kb.
|
ИПҲ-дарслик-2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAMUNA
- Talab mazmuni
- Qarzdor
Sud buyrug'i - kreditorning pul summasini undirish yoki undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish haqidagi yoxud qarzdordan nizosiz talablar bo‘yicha mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risidagi arizasi bo'yicha sudya chiqargan hujjat hisoblanadi.
Iqtisodiy ishlarni kam xarajatli hamda taraflar o‘rtasidagi nizoli bo‘lmagan iqtisodiy munosabatlarni ortiqcha sansolarliklarsiz tartibga solishga qaratilgan normalari Iqtisodiy protsessual kodeksda mustahkamlab qo‘yilganligini alohida ta’kidlash joiz. IPKning “Sud buyrug‘i” deb nomlangan 17-bobida sud buyrug‘i asosida qarzni undirish, sud buyrug‘i berish bo‘yicha talablar, arizaning shakli va mazmuni, ariza qabul qilishni rad etish asoslari, sud buyrug‘i berish tartibi va uni berishni rad etish asoslari, sud buyrug‘ining mazmuni va uni bekor qilish kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. NAMUNA SUD BUYRUG'I (O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 143-146-moddalari talablari tartibida) Toshkent sh. 20 yil “ ” -sonli-B Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi tomonidan berildi. Talab mazmuni: Qarzdor-“YaShNAR” xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatidan 5.948.678,91 so‘m qarzdorlikni undirish haqida. Kreditor: “KOMPLEKTENERGIYa” sho'ba korxonasi (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sag'bon ko'chasi, tupik 30, 8-uy. H/P 20208000304710883001, OAIKB «Ipak yo'li» filial, Sag'bon banki, kod MFO 01036, INN 206963952) foydasiga. Qarzdor: Qarzdor - “YaShNAR” xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sebzor S 17118, 39-uy. H/R 20208000204393305001, Olmazor tumani “Ipoteka bank”, INN 205530749, MFO 00901) hisobidan. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 135, 143-146-moddalariga asosan, qarzdor - “YaShNAR” xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati hisobidan “KOMPLEKTENERGIYa” sho'ba korxonasi foydasiga 5.948.678,91 so‘m qarzdorlik undirilsin. Sud buyrug'i ijro hujjati kuchiga ega. Sud buyrug'i bo'yicha undirish buyruq berilgandan so'ng o‘n kunlik muddat o'tgach, sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy protsessual kodeksining 15-moddasiga ko'ra sudning qonuniy kuchga kirgan hujjati barcha davlat organlari, fuqarolarni o'zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo'lib, O'zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart. Iqtisodiy sud qabul qilgan sud hujjatlarini bajarmaslik ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan javobgarlikka sabab bo'ladi. Download 464.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling