Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet123/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

2-kazus
“Buxoro savdo” MChJ tomonidan shartnoma asosida “Namangan poyabzali” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan poyabzallar xarid qilingan. Oradan ikki oy o‘tib “Buxoro savdo” MChJ poyabzallar sifatsizligi va ko‘plab xaridorlar uni qaytarib kelayotganligini vaj qilib Namangan tumanlararo iqtisodiy sudiga “Namangan poyabzali” MChJ tomonidan poyabzallarni o‘z hisobidan qaytarib olib ketish va etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. “Namangan poyabzali” MChJ holatni aniqlashtirish maqsadida ekspertiza tayinlashni hamda shartnomaning 9.1-bandiga ko‘ra nizo kelib chiqqan taqdirda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat qilinishi lozimligini ko‘rsatib da’voni rad etishni so‘ragan.
Shuningdek, poyabzalni uzoq muddat kiyish natijasida oyog‘i jarohatlangan fuqaro Sh.Mamatov sud protsessiga mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan. Namangan tumanlararo iqtisodiy sudi “Namangan poyabzali” MCHJning arizasini inobatga olib O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 110- moddasiga asosan ish yuritishni tugatgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering!
IX BOB. IQTISODIY SUDLARDA BUYRUQ TARTIBIDA ISH
YURITISH


  1. Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni
    ko‘rish tushunchasi va ahamiyati


Buyruq tartibida ish yuritish talabning nizoli yoki nizosizligini belgilash orqali kreditorning huquqlarini tez fursatlarda himoya qilish maqsadida sudya tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy sud ish yuritishining alohida turi hisoblanadi. Ushbu sud ishlarini yuritish turida chiqariladigan sud buyrug‘i o‘zining tarkibiy qismi, tuzilishi va mazmun-mohiyati, shun bilan birga taraflarning ishda ishtirok etmasligi bilan odil sudlov hujjati hisoblangan sudning boshqa qarorlaridan, xususan, hal qiluv qaroridan jiddiy farq qiladi. Buyruq tartibidagi ishlardan tashqari boshqa barcha sud ishlarini yuritish turlarida iqtisodiy ishlar sud majlisida mazmunan ko‘rib hal qilinadi.
Sud buyrug‘i apellatsiya, kassatsiya instansiyalarida, nazorat tartibida va yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rilmaydi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling