Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ekspertiza tayinlash to‘g‘risida iqtisodiy sud ajrim chiqaradi


Download 464.55 Kb.
bet119/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ekspertiza tayinlash to‘g‘risida iqtisodiy sud ajrim chiqaradi.
Izoh: sudning ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

  1. ekspertizani tayinlash asoslari;

  2. ekspertning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki ekspertiza o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ekspertiza muassasasining nomi;

  3. ekspert oldiga qo‘yilgan masalalar;

  4. ekspert ixtiyoriga taqdim etiladigan materiallar va hujjatlar;

  5. ekspertizani o‘tkazish va sudga xulosani taqdim etish kerak bo‘lgan muddat

Ekspertiza sud ekspertlari komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi lozim deb topilganda, ajrimda tekshiruv qaysi ixtisosdagi ekspertlar tomonidan o‘tkazilishi kerakligi, ekspertlar komissiyasi faoliyatini tashkil qilish qaysi ekspert muassasasiga yuklatilganligi, tekshirilishi lozim bo‘lgan obyektlar va boshqa materiallar qaysi ekspertiza muassasasiga yuborilayotganligi ham ko‘rsatilishi lozim.
Bunday ajrim nusxalari komissiyada vakili ekspert sifatida ishtirok etayotgan har bir ekspertiza muassasasiga yuboriladi.
IPKning 80-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra ekspertiza o‘tkazilishi zarur bo‘lgan masalalar doirasi va mazmuni sud tomonidan belgilanadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga ekspertiza o‘tkazish vaqtida tushuntirib berilishi lozim bo‘lgan masalalarni taqdim etishga haqli. Sud ishida ishtirok etuvchi shaxslar taqdim etgan masalalar rad qilinganligini asoslab berishi shart.
Sud eksperti oldiga nizoni to‘g‘ri hal qilishga qaratilgan, ekspertning vakolat doirasiga kiradigan hamda fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan savollar qo‘yilishi kerak.
Ekspertizani takroran o‘tkazmaslik maqsadida sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi oldiga qo‘yilayotgan savollar ekspertizani to‘liq o‘tkazish uchun yetarli darajada bo‘lishi lozim.
Hal qilinishi sudning vakolatiga kiradigan huquq to‘g‘risidagi savollar ekspert oldiga qo‘yilishi mumkin emas.
IPKning 102-moddasi 1-bandiga muvofiq ekspertiza tayinlangan hollarda sud ish yuritishni to‘xtatib turishga haqli. Bu haqida alohida ajrim chiqarilishi yoki ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimda ko‘rsatilishi mumkin.
Agar ekspertizaning o‘tkazilishi IPKda ishni ko‘rish uchun belgilangan protsessual muddatning buzilishiga olib kelmasa, sud ish yuritishni to‘xtatmasdan ekspertiza tayinlash haqida ajrim chiqarishga haqli.
Ekspert xulosasi sudga yozma shaklda taqdim etiladi va u ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi.
Sud eksperti xulosasining mazmuni va shakli bo‘yicha qo‘yiladigan talablar IPKning 86-moddasi va “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunning 23- moddasida ko‘rsatilgan. Agar sud ekspertining xulosasi ushbu talablarga rioya qilinmagan holda tuzilgan bo‘lsa, sud ushbu xulosani ishning holatlarini tasdiqlaydigan hujjat sifatida qabul qilmaydi. Shu bilan birga, sud ekspert (sud ekspertlari komissiyasi)dan xulosani qonun talablariga mos holda rasmiylashtirishni talab qilishga haqli.
Agar ekspert xulosasini baholashda shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini (imzo yoki hujjatlarning qalbakilashtirilishi va h.k.) aniqlasa, sud IPKning 200-modda beshinchi qismiga muvofiq u jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun bu haqida prokurorga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar qilishi kerak.
Xususiy ajrimga ekspertiza xulosasining asl nusxasi ilova qilinadi, xulosaning ko‘chirma nusxasi esa iqtisodiy sud ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling