Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet115/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Dalillarga baho berish

Iqtisodiy sud tomonidan ishdagi mavjud dalillarni to‘liq va har tomonlama baho berilishi qonuniy va asoslantirilgan hal qiluv qarori chiqarilishida muhim ahamiyatga ega. Dalillarga baho berishning huquqiy tomoni qonunchilikda baholashning maqsadi, tamoyillari va ularni protsessual hujjatlardagi ko‘rinishining ifodalanishida namoyon bo‘ladi.
IPKning 74-moddasiga ko‘ra sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqishga asoslangan o‘z ichki ishonchi bo‘yicha baho berishi lozimligini nazarda tutilgan.
Ushbu holatda dalillarni baholashdagi “har tomonlama” va “to‘liq” tushunchalari o‘rtasida o‘xshashlik va farqli jihatlari mavjud. O‘xshashligi shundaki, sud dalillarning har tomonlamaligi va to‘liqligini baholashda ish uchun ahamiyatli bo‘lgan dalillarni to‘plashi lozim. Farqli jihatlari shundaki,
birinchidan, dalillarni har tomonlama va to‘liq tekshirishning maqsadi turli maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan;
ikkinchidan, dalillarni har tomonlama va to‘liq tekshirishning subyektiv tarkibi, mazmuni va yuridik tabiati ikki xil mazmunga ega;
uchinchidan, tushunchalar bir-biriga hajmi jihatidan ham to‘g‘ri kelmaydi.
Suddagi isbotlash sud tomonidan ish bo‘yicha obyektiv haqiqatni bilib olish yuzasidan ko‘p qirrali va murakkab jarayon bo‘lib, bunda uning haqiqiy ish holatlari va taraflarning huquq va majburiyatlari aniqlanadi. Suddagi isbotlashning tarkibiy qismi dalillarga baho berish hisoblanadi.
Masalan, iqtisodiy sudga hujjatning asli taqdim etilmasa, faqatgina hujjatning nusxasi bilan tasdiqlangan fakt isbotlangan deb hisoblanmaydi.
Dalillarga baho berish o‘zida isbotlash vositalarini sud tomonidan tekshirishni qanchalik sifatli o‘tkazilganligi, ularda o‘z vazifasini topgan ma’lumotlarni haqiqiyligini belgilash va bu ma’lumotlarning qanchalik daliliy kuchga ega ekanligini aniqlashni qamrab oladi.
Egri dalillarga baho berishda sud aniqlangan barcha daliliy faktlar yig‘indisidan kelib chiqib, isbotlash predmetiga kiradigan yuridik faktni mavjudligi to‘g‘risida ishonchli xulosa chiqarish mumkinligi to‘g‘risidagi masalani hal qiladi. Ish uchun ahamiyatli bo‘lgan har bir dalil va ish bo‘yicha to‘plangan barcha dalillarning yig‘indisi baholanishi kerak.
Dalillarga baho berishda sudyaning ichki ishonchi asosida ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har taraflama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqishi lozim.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling