Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Dalillarning aloqadorligi va dalillarning maqbulligi


Download 464.55 Kb.
bet113/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Dalillarning aloqadorligi va dalillarning maqbulligi

Sud nizoli faktlarning doirasini aniqlagandan so‘ng nizoli holatning mavjud yoki mavjud emasligini tasdiqlash maqsadida qaysi dalillar tekshirilishi kerakligini hal qilishi lozim. Buning uchun sud dalillarni tekshiradi va taraflar tomonidan taqdim etilgan qaysi dalillarga yo‘l qo‘yilishi mumkinligini va qo‘shimcha dalillar zaruriyatini aniqlaydi. Sud bu masalalarni hal qila turib dalillarga yo‘l qo‘yilishi va dalillarning daxldorligi qoidalariga rioya qilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi IPKning 71-moddasida dalillarning aloqadorligiga oid qoida belgilangan bo‘lib, sud faqat ishga aloqador bo‘lgan dalillarni qabul qiladi deb ko‘rsatilgan. Agar taqdim etilgan dalillar ko‘rilayotgan ishga aloqador bo‘lmasa, ular ish materiallariga qo‘shib qo‘yilmaydi, ularning dalil sifatida rad qilinganligi sud hujjatida aks ettiriladi.
Dalillarning aloqadorligi masalasini to‘g‘ri hal qilish oz kuch, kam vaqt va mablag‘ sarflab, ishning barcha holatlarini to‘la, xolisona va obyektiv aniqlash imkonini beradi.
Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida (IPK ning 163- moddasi), protsessda ishtirok etish uchun taklif qilinadigan shaxslarni belgilash bilan birga ishga aloqador, ish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarnigina qabul qilib ishga qo‘shadi.
Dalillarning aloqadorligi - dalillarning mazmuni va da'voli fakt o‘rtasidagi obyektiv bog‘liqlikdir.
Aloqadorlik nafaqat dalilning obyektiv xususiyati, balki iqtisodiy sudning faoliyatiga ham taalluqlidir. Demak, iqtisodiy sud faqat ishga aloqador dalillarni xususiyatiga qarab tanlab olishi, ishga aloqador bo‘lmagan dalillarni chiqarib tashlashi, ishni ko‘rish jarayonini cho‘zayotgan holatlarni to‘g‘ri belgilashi lozim.
Ishni hal qilish uchun zarur bo‘lgan dalillarning yo‘qligi haqiqiy huquqiy munosabatlarni aniqlash va, o‘z navbatida, ish yuzasidan to‘g‘risi hal qiluv qarorini chiqarish imkoniyatini istisno etadi. Shu sababli sudyalarning ishni ko‘rishga puxta tayyorganligi va ish hujjatlari bilan to‘liq tanishganligi alohida ahamiyat kasb etadi. Faqat to‘liq va har tomonlama tayyorgarlik orqali ish yuzasidan barcha zarur dalillarni olinishini ta’minlaydi. Dalillarning aloqadorligi qoidasi bevosita sud tomonidan ishlarni ko‘rishning tezkorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu orqali ishga aloqador bo‘lmagan ortiqcha hujjatlarning ko‘paymasligi, shuningdek sud protsessi cho‘zilishidan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning dalillarni taqdim etish huquqini suiiste’mol qilishlarining oldi olinadi.
Dalillarning ishga aloqadorligi masalasini sudya yakka o‘zi hal qiladi. Sud qaysi dalil ish holatlariga oid ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirganligini hal qiladi. Ammo bu to‘g‘risidagi takliflar sud majlisida kollegial ko‘rilsa, qonunda ko‘rsatilgan holda masala kollegial tartibda hal qilinadi va bu to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Sudning dalillar qabul qilishni yoki talab qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi asoslantirilgan bo‘lishi kerak.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling