Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet109/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

hosila dalillar - boshqa manbalardan olingan ma’lumotlarni aks ettiradi, masalan, hujjatlarning nusxalari, guvohning ko‘rsatuvlari. Hosila dalillar dastlabki dalilarni aniqlab olish, shuningdek ularni tekshirishda foydalaniladi.
Dalil bilan isbotlanuvchi fakt o‘rtasidagi uzviy bog‘lanishiga qarab:
to‘g‘ri dalillar - isbotlanayotgan fakt bilan bevosita aloqasi bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan dalillar bo‘lib, ya’ni uning mazmuni orqali ish bo‘yicha isbotlash predmetiga kiruvchi faktlarning mavjud yoki mavjud emasligi haqida xulosa qilish mumkin.
egri dalillar - isbotlanayotgan fakt bilan bilvosita aloqaga ega bo‘lgan dalillar bo‘lib, u orqali ish bo‘yicha isbotlash predmetiga kiruvchi faktlarning mavjud yoki mavjud emasligi haqida taxmin qilish mumkin. Isbotlash predmetiga kiruvchi faktni mavjud yoki mavjud emasligi bitta egri dalil asosida aniqlash mumkin emas. Bir egri dalillarning majmuigina ishonchli ma’lumotlarni berishi mumkin. Demak, egri dalillar yuridik faktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida ifodalaydi. Bular yuridik faktlar bilan ma’lum shaklda bevosita bog‘liq ekanligini va birgalikda ularni mavjud yoki mavjud emasligini belgilash borasidagi faktlarni tasdiqlaydi.

  1. Isbotlash predmeti va majburiyati

Iqtisodiy protsessual huquqida isbotlash deb O‘zbekiston Respublikasi IPKga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sudi tomonidan ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash maqsadida amalga oshirilgan protsessual harakatlarning majmui tushuniladi. Sudda da’vosi qo‘zg‘atilganida, avvalo, taraflardan isbot keltirish, ya’ni da’vo talabining asosli bo‘lishligini yoki uning asossizligini isbotlash talab qilinadi.
Iqtisodiy protsessual huquqida isbotlash predmeti bo‘lib, moddiy-huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar va yuridik faktlar hisoblanadi. Ularni belgilash nizoli huquqiy munosabatni tartibga soluvchi moddiy huquq normalarini to‘g‘ri qo‘llash va ishni mazmunan to‘g‘ri hal etish uchun zarur hisoblanadi. Masalan, iqtisodiy sud qarz shartnomasi bo‘yicha pulni undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini chiqarishdan oldin bunday shartnoma haqiqatdan mavjudligi, shartnomaning predmeti nimadan iborat edi, shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati qandayligini aniqlashtirishi lozim. Iqtisodiy sudlar ishni ko‘rishda taraflar tomonidan keltirilgan yoki iqtisodiy sud tashabbusi bilan talab qilib olingan dalillarga asoslanadi.
Isbotlash predmetini to‘g‘ri aniqlash amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ea. Agar ish uchun muhim bo‘lgan biror-bir fakt isbotlash predmetiga kirmay qolgan bo‘lsa, bu, o‘z navbatida, taraflarning o‘zaro munosabatlarini to‘liq tekshirish imkoniyatini bermaydi va va qonunga zid sud hujjati chiqarilishiga olib keladi. Ish uchun ahamiyatli bo‘lmagan faktlar isbotlash predmetiga kiritilgan bo‘lsa, bu holat keraksiz kuch va mablag‘ni sarf qilish, keraksiz hujjatlar bilan sud protsessini band qilish, sud ishlarini yuritishning cho‘zilib ketishiga olib keladi.
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o‘z talablari va e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak. Da’vogar da’voning asosi bo‘lgan, ya’ni nizoli huquqiy munosabatni mavjudligi bilan bog‘liq faktlarni va da’vogarning huquqlarini javobgar tomonidan buzilganligi yoki nizolashishdan dalolat beruvchi faktlarni isbotlashga majbur.
Qonun isbotlash prezumpsiyasini o‘rnatish yo‘li bilan taraflardan birini mavjud bo‘lgan ma’lum faktlarni isbotlashdan ozod qiladi. Masalan, FKning 985-moddasiga asosan zararni yetkazilganligi faktini isbotlashda bu fakt da’vo talablarining asosiga kirsa ham jabrlanuvchi zarar yetkazganning aybini isbotlashi kerak emas. Zarar yetkazgan o‘zininig aybdor emasligini isbotlaguniga qadar zarar yetkazgan aybdor deb faraz qilinadi.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarning da’vogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va barcha majburiyatlarini bajaradi. Shuning uchun u o‘zining talablarini asoslaydigan holatlarni isbotlashga majbur.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs protsessda taraf bilan o‘zi o‘rtasidagi munosabatga ta’sir qiluvchi faktlarni isbotlashi lozim.
Yuridik shaxslar va fuqarolarga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lgan holatlarni isbotlash majburiyati nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatiladi.
Boshqa shaxslarning manfaatlarini himoya qilish uchun da’vo bilan murojaat qilgan prokuror va boshqa davlat organlari o‘zlari kiritgan da’voni asoslovchi holatlarni isbotlashga majbur.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling