Dalil bu - ish uchun ahamiyatli bo'lgan faktik holatlarni o'zida
muj assamlashtirgan ma'lumotlardir. Bunday ma'lumotlarning haqiqiyligi sud tomonidan faktik ma'lumotlarni tahlil qilish orqali tekshirilishi lozim. Dalil sifatida
keltirilgan ma'lumotlarning haqiqiyligiga sud hal qiluv qarorini qabul qilishda baho beradi.
|
|
Dalil bu - sud tomonidan ish uchun ahamiyatli
bo'lgan taraflarning
talablari, e'tirozlari va boshqa holatlarni mavjud yoki mavjud emasligini o'rnatish asosi
hisoblangan faktik
ma'lumotlardir. Dalil
ishni to'g'ri hal qilish uchun ahamiyatga ega
bo'lgan faktlar haqidagi ma'lumotlarni o'zida
muj assamlashtiradi, shuningdek, ish uchun ahamiyatli faktlarni
o'rnatish vositasi bo'lib xizmat qiladi.
|