Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Protsessual muddatlarning turlari


Download 464.55 Kb.
bet102/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Protsessual muddatlarning turlari

Protsessual harakat iqtisodiy protsessual qonunchiligi bilan belgilab qo‘yilgan, ishda ishtirok etuvchi taraflar, iqtisodiy ishlarni ko‘ruvchi sudlar, ayrim hollarda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan amalga oshiraladigan xatti-harakatlardir.
IPKning 119-moddasi mazmunidan kelib chiqib, protsessual muddatlar asosan ikki turga bo‘linishi haqida xulosa qilish mumkin bo‘ladi. Ular:

IPKning 164-moddasi birinchi va ikkinchi qismida sud muhokamasining muddati ishni sudda ko‘rishga tayyorlash va ko‘rish muddatlari umumiy muddatlarga ajratiladi. Unga ko‘ra, sud muhokamasi ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda tugallanishi kerak. Alohida hollarda, sud muhokamasining muddati sud raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Shu o‘rinda faoliyatni tugatish; atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish; faoliyatni cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlash; banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish; tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalar (ruxsatnomalar)ni bekor qilish haqidagi ishlar ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak.
Sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, moliyaviy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar ariza iqtisodiy sudga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan so‘ng ko‘riladi. Bunda IPK 164-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat buzilmasligi lozim.
IPKning 164-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, alohida hollarda ishni ko‘rish muddati iqtisodiy sudning raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ishni ko‘rish muddatini uzaytirish masalasi iqtisodiy sud raisi tomonidan ishni ko‘rayotgan sudyaning bildirgisi asosida hal etiladi. Sudyaning bildirgisida ishni bir oylik muddatda ko‘rish imkoni bo‘lmaganligi sabablari ko‘rsatilib, ishni ko‘rish muddatini uzaytirish so‘raladi. Iqtisodiy sud raisi tomonidan ushbu bildirgiga ish ko‘rish muddatini uzaytirish yoki uni rad qilish haqida rezolyutsiya qo‘yiladi. Shuningdek, ishni ko‘rishni keyinga qoldirish to‘g‘risida iqtisodiy sud ajrim chiqaradi. Ajrimda yangi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari, sud majlisini qoldirish uchun asos bo‘lgan sabablar, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning keyingi sud majlisigacha bajarishi lozim bo‘lgan protsessual harakatlar ko‘rsatilishi kerak.
IPK 164-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ishni ko‘rib chiqish muddatini uzaytirish haqidagi qoida huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda ham tatbiq etiladi.
IPK va boshqa qonunlarda belgilab qo‘yilgan protsessual muddatlar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ajratiladi:
birinchidan, sud amalga oshirishi mumkin bo‘lgan protsessual muddatlar faqat qonun bilan belgilanadi. Bu o‘rinda milliy qonunchilik Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi evropa konvensiyasining 6-moddasi birinchi bandida ko‘rsatilgan talablardan kelib chiqadi. Mazkur moddada ko‘rsatilishicha, har bir inson o‘zining fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi ishlarni odilona va oshkora sud muhokamasida oqilona muddatda olib borilishi huquqiga ega;
ikkinchidan, mazkur muddat xizmat tusiga ega, boshqacha qilib aytganda, mazkur muddatning o‘tkazib yuborilishi iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatlarga nisbatan huquqiy ta’sir ko‘rsatmaydi: sud qonunda belgilab qo‘yilgan protsessual harakatlarni amalga oshirishga majbur hisoblanadi;
uchinchidan, mazkur muddatlarni kechiktirishga istisno holatlarda, qonunda bevosita nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling