Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Sud jarimalarini solish asoslari. Jarima solish masalasini ko'rish tartibi


Download 464.55 Kb.
bet99/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Sud jarimalarini solish asoslari. Jarima solish masalasini ko'rish tartibi

Sud jarimalari - iqtisodiy protsessual qonunchilik normalarini buzgan shaxslarga nisbatan iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llaniladigan moddiy ko‘rinishdagi protsessual choradir. Sud jarimalari Iqtisodiy sudlar tomonidan Iqtisodiy protsessual kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda va miqdorda respublika budjetiga undiriladi. Fuqarolar eng kam ish haqining ellik baravarigacha, yuridik shaxslarga eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda sud jarimasi solinadi.
Iqtisodiy protsessual kodeksiga muvofiq quyidagi hollarda sud jarimalari qo‘llaniladi:

  1. Agar mutaxassis sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko’ra sud chaqiruvi bo‘yicha kelmasa, shuningdek maslahatlar (tushuntirishlar) berishdan asossiz ravishda rad etsa(IPKning 69-moddasi);

  2. Agar dalilni saqlayotgan shaxs so‘ralayotgan dalilni taqdim etish majburiyatini iqtisodiy sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra bajarmasa (IPKning 69-moddasi);

  3. Da’voni ta’minlash choralarini ijro etish majburiyati sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan shaxsga da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrimni ijro etmasa (IPKning 98-moddasi).

Jarima miqdorini belgilashda iqtisodiy sud ishining holati, nizoning turi, harakatning og‘ir-yengilligini inobatga olishi lozim.
Jarima solish masalasi iqtisodiy sudning majlisida hal etiladi.
Jarima solish masalasi ko‘rilayotgan shaxslarga majlis vaqti va joyi to‘g‘risida topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali xabar qilinadi. Tegishli tarzda berilgan shaxsning kelmasligi jarima solish masalasini ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Iqtisodiy sudning jarima solish masalasini ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi. Iqtisodiy sudning jarima solish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling