Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet96/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini ko‘zlab berilgan da’volar bo‘yicha;

  • O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning joylardagi organlari — atrof-muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan o‘zboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning tartib va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy ob’ektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;

  • O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda uning joylardagi organlari — standartlarni, texnik shartlarni joriy etish va ularga rioya etilishi hamda mahsulotlar sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar yoki shunday vakolatga ega bo‘lgan boshqa organlar jo‘natishni man etgan mahsulotlarni yetkazib bergan yuridik shaxslardan budjet daromadiga jarimalar undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;

  • O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari — qo‘mita vakolatlariga muvofiq sudlarga beriladigan da’volar va arizalar yuzasidan;

  • qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi — investorlarning, shuningdek davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir da’volar bo‘yicha;

  • davlat soliq xizmati organlari, moliya hamda bojxona organlari — barcha ishlar va hujjatlar bo‘yicha, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar bo‘yicha sudga arizalar berganlik uchun;

  • prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar hamda berilgan arizalar yuzasidan;

  • adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar hamda berilgan arizalar yuzasidan;

  • undiruvchi yoki sud ijrochisi — qonunda nazarda tutilgan taqdirda, qarzdorni yoki uning mol- mulkini qidirish bo‘yicha xarajatlarning o‘rnini qarzdor tomonidan qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan.

  • yuridik va jismoniy shaxslar — sud ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlari bo‘yicha;

  • xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan hukumatlararo kelishuvlar asosida berilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarzdor sifatida qatnashuvchi davlat organlari va tashkilotlari — subzayom oluvchilardan paydo bo‘lgan qarzdorliklarni undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;

  • davlat ehtiyojlari uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish shartnomalari bo‘yicha sotib oluvchi hisoblangan davlat organlari va tashkilotlari — yetkazib beruvchilar (pudratchilar) tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilmaganligi bilan bog‘liq da’volar yuzasidan;

  • O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi — intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq egalarining huquqlarini himoya qilishni ko‘zlab qilinadigan da’volar yuzasidan;

  • O‘zbekiston Fermerlar kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlari — fermer xo‘jaliklarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar yuzasidan, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer xo‘jaliklarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan shikoyatlar yuzasidan;

  • mulkdorlar — xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogliq bolgan huquqlari va qonuniy manfaatlari buliganligi togrisida davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar ozini ozi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlqilish haqidagi ishlar yuzasidan;


  • Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   306




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling