Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet104/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Protsessual muddatni hisobla

ish

Yillar bilan

Oylar bilan

Kunlar bilan




Muddatning o'tishi kalendar sananing yoki muddatning boshlanishi deb belgilangan voqea yuz bergan kunning ertasidan boshlanadi.




Yillar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi yilining tegishli oyi va kunida tamom bo'ladi.

Oylar bilan hisoblanadigan muddat tegishli oyda va muddat oxirgi oyining tegishli kunida tamom bo'ladi. Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning

Kunlar bilan hisoblanadigan muddatlar belgilangan kunda tamom bo'ladi.




oxiri tegishli kuni bo'lmagan oyga to'g'ri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida tamom bo'ladi.







Bu muddatning oxirgi kuni ish kuni bo'lmagan kunga to'g'ri kelgan taqdirda undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tamom bo'lish kuni hisoblanadi.







Muddati belgilangan protsessual harakat muddatning oxirgi kuni soat 24 gacha bajarilishi mumkin.





Ba’zi hollarda protsessual harakatlarni bajarish uchun qonunda belgilangan yoki sud tayinlagan muddatlarni ishda ishtirok etuvchi shaxslar turli sabablar bilan o‘tkazib yuboradi. Bunday hollarda ishda ishtirok etuvchi shaxslar protsessual harakatni bajarish uchun o‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirib yoki tiklab berish to‘g‘risida tegishli sudga ariza berishi mumkin. Iqtisodiy sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga ko‘ra IPKda yoki boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatning o‘tkazib yuborilishi sabablarini uzrli deb topsa, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklaydi.
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iqtisodiy sudning hal qiluv qarorida yoki ajrimida ko‘rsatiladi. Muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Iqtisodiy sudning protsessual muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatlarni uzaytirish yoki tiklash borasida shuni aytish kerakki, qonun bilan belgilangan protsessual muddatlar faqat tiklanishi, sud tomonidan tayinlangan muddatlar esa faqat uzaytirilishi mumkin. Sudya bayonnoma xususida berilgan fikrlar qabul qilinganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Bayonnoma yuzasidan berilgan fikrlar va sudyaning ajrimi ishga qo‘shib qo‘yilishi lozim. Muddat o‘tgandan keyin berilgan fikrlar sudya tomonidan ko‘rmasdan qaytariladi. Apellatsiya shikoyati (protesti) iqtisodiy sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingandan keyin bir oy ichida, iqtisodiy sudining huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) esa u qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida beriladi. Shikoyat qilish (protest keltirish) muddatini hisoblash hal qiluv qarori qabul qilingan sanadan keyingi kundan boshlanadi. Apellatsiya shikoyati (protesti)ni berish muddati o‘tkazib yuborilgan taqdirda, u shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha sud tomonidan tiklanishi mumkin. Iltimosnomada apellatsiya shikoyati (protesti)ni bergan shaxs havola etayotgan muddatning o‘tkazib yuborilishi sabablari ko‘rsatilishi va asoslantirilishi lozim. Iltimosnoma shikoyat (protest)da yoki alohida arizada bayon etilishi mumkin va shikoyat (protest) bilan bir vaqtda berilishi lozim.
Shikoyat (protest) berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sudyaning yakka o‘zi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Apellatsiya shikoyati (protesti)ni berish muddati o‘tkazib yuborilganligining uzrli sabablari bo‘lib, sudga bunday shikoyat (protest) bilan o‘z vaqtida murojaat qilishga to‘sqinlik qilgan holatlar hisoblanishi mumkin.
Apellatsiya shikoyati (protesti)ni berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi iltimosnomani ko‘rish natijasi bo‘yicha ajrim chiqariladi. O‘tkazib yuborilgan muddat tiklanganda ushbu ajrimda shikoyat (protest)ning ish yuritishga qabul qilinganligi ko‘rsatilishi mumkin va agar hal qiluv qarorining ijrosini apellatsiya instansiyasi sudida ish ko‘rilgunga qadar kechiktirish haqidagi iltimosnoma bo‘lgan bo‘lsa, ajrimda uni ko‘rib chiqish natijalari ham ko‘rsatiladi.
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risida apellatsiya shikoyati (protesti)ni qaytarish haqidagi ajrimda bayon etilishi mumkin.
SHu o‘rinda ta’kidlash joizki, iqtisodiy protsessual qonunchilikda belgilab qo‘yilgan ayrim protsessual muddatning o‘tkazib yuborilishi va ushbu muddatlarning tiklanishi borasida o‘ziga xos xususiyatlarni ham e’tiborga olish lozim bo‘ladi. Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran uch yil o‘tgandan keyin berilgan nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilmasligi haqidagi qoida qat’iy hisoblanib, ushbu muddatni uzrliligi sababli tiklash mumkin emas.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling