Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet112/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: agar kelishuv bitimining tarafi, kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kelishuv bitimi shartlarini qayta ko‘rib chiqishga (yoki) kelishuv bitimini ijro etishdan bosh tortishga qaratilgan da’vo bilan murojaat qilsa, sud IPK 73-moddasining ikkinchi qismini qo‘llab, bunday talablarni qanoatlantirishni rad etadi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning yoki ma’muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni ko‘rayotgan iqtisodiy sud uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning yoki ma’muriy sudning hal qiluv qarorida aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taalluqli bo‘lgan holatlarga doir masalalar bo'yicha majburiy ekanligi yuqorida ko'rsatilgan qoidada o‘z ifodasini topgan.
Masalan, da'vogar yakka tartibdagi tadbirkor “O.O.O.” iqtisodiy sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilib, guruchning “Nukus” navidan ruxsatsiz foydalanishni taqiqlash va zararni undirishni so'ragan.
Biroq ishni sudda ko‘rish jarayonida aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining hal qiluv qarori bilan nizoli guruch “Nukus” navining egasi boshqa fuqaro “A.Q.L” deb topilgan.
Shunga ko‘ra iqtisodiy sud patentga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan talablari qo‘yilganligi holati boshqa sud tomonidan isbotlanganligi asos qilib da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari bo‘yicha iqtisodiy sud uchun majburiy ekanligi yuqorida ko‘rsatilgan qoidada o‘z ifodasini topgan (IPKning 73-modda, 4-qism).
Masalan, “S” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan “N” qo‘shma korxonasi o‘rtasida 2012 yil 4 yanvarda 11-sonli shartnoma imzolangan. Da’vogar shartnomaviy majburiyatlarning ijrosini ta’minlash maqsadida 2011 yil 12 dekabrdagi 24-sonli to‘lov topshiriqnomasi bilan 40.000.000 so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan. Biroq, da’vogar mahsulotlar yetkazib berilmaganligini vaj qilib, oldindan o‘tkazib berilgan summani qaytarish haqida xo‘jalik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 420-moddasiga ko‘ra oldindan to‘langan summani olgan sotuvchi tovarni topshirish bo‘yicha majburiyatni bajarmagan taqdirda sotib oluvchi haqi to‘langan tovarni topshirishni yoki sotuvchi topshirmagan tovar uchun oldindan to‘langan summani qaytarib berishni talab qilishga haqli.
Biroq aniqlanishicha, “ELEKTRONIKS” qo‘shma korxonasidan shartnomada nazarda tutilgan mahsulotlarni olish uchun da’vogar tomonidan I.P.Turanov nomiga 2011 yil 12 dekabrda berilgan 22-sonli ishonchnomaga asosan 2011 yil 18 dekabrda 14-sonli yuk xatiga asosan TMBlar olib chiqib ketilgan. Mazkur holatda, da’vogar tomonidan shartnoma bo‘yicha tovar moddiy boyliklarining haqiqatda olinmaganligi ishdagi mavjud hujjatlar bilan o‘z isbotini topmagan.
Bu holat, shuningdek jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Angren tuman sudining 2012 yil 22 apreldagi hukmi va jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2012 yil 18 maydagi ajrimi bilan ham o‘z tasdig‘ini topgan.
Yuqoridagilarga asosan da’vogarning da’vosini qanoatlantirish rad etilgan.
Isbotlashdan ozod qiladigan asoslarning yana bir turi huquq fanida belgilangan yuridik faraz, ya’ni (юридическая презумпция) deb ataladi. Yuridik (huquqiy) faraz deganimizda huquq normasi bilan belgilangan, muayyan huquqiy oqibatlar tug‘diradigan va taraflardan birini faraz qilingan faktik isbotlashdan ozod qiladigan asosni tushunamiz. Masalan, bir shaxs (fuqaro yoki tashkilot) birovning g‘ayriqonuniy harakati tufayli zarar ko‘rsa, shu shaxs (da’vogar) zarar uchun javobgar bo‘ladigan shaxs harakatida ayb bo‘lish- bo‘lmasligini isbotlashdan ozod bo‘ladi.
Fuqarolik protsessidagi kabi xuddi shunday qoida shartnoma majburiyatlari haqidagi huquqiy me’yorlarda ham belgilangan. Agar shartnoma bo‘yicha olingan majburiyat bajarilmasa yoki lozim darajada bajarilmasa, buning uchun aybli bo‘lgan shaxs mulkiy javobgar bo‘ladi. Bunday shaxs majburiyatni bajarmasligida aybi yo‘qligini isbotlasagina javobgarlikdan ozod qilinadi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling