Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet110/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Izoh: IPK 68-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda, huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lgan holatlarni isbotlash majburiyati nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatiladi.
Agar nazorat qiluvchi organ huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lgan holatlarni isbotlay olmasa, arz qilingan talabni qanoatlantirish rad etiladi.
IPKning 69-moddasiga asosan dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladi.
Agar sud mavjud dalillar yetarli emas deb hisoblasa, ishning obyektiv holatlarini aniqlash va nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘shimcha dalillarni taqdim etishni taklif qilishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs ishda ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmaydigan shaxsdagi zarur dalilni mustaqil olish imkoniga ega bo‘lmasa, o‘sha dalilni talab qilib olish to‘g‘risidagi sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Iltimosnomada shu dalil bilan ish uchun ahamiyatli qanday holatlar aniqlanishi mumkinligi, dalilning alomatlari va uning joylashgan joyi ko‘rsatilishi zarur.
Agar shaxs sud talab qilayotgan dalilni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa yoki sud belgilagan muddatda taqdim eta olmasa, u shu muddat ichida bu haqida sudni sabablarni ko‘rsatgan holda xabardor qilishi shart.
Dalilni saqlayotgan shaxs talab qilinayotgan dalilni taqdim etish majburiyatini sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra bajarmagan taqdirda, uni saqlayotgan shaxsga IPKning 14-bobida belgilangan tartibda sud jarimasi solinadi.
Talab qilinayotgan dalilni saqlayotgan shaxsga jarima solinishi uni dalilni sudga taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Izoh: IPK 69-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq agar sud mavjud dalillar yetarli emas deb hisoblasa, ishning obyektiv holatlarini aniqlash va nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘shimcha dalillarni taqdim etishni taklif qilishi mumkin.
Bunda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qo‘shimcha dalillarni taqdim etishni taklif qilishga majbur emas. Qo‘shimcha dalillar nizoning to‘g‘ri hal qilinishi va u bo‘yicha qonuniy hamda asoslantirilgan sud hujjati qabul qilinishi uchun zarur bo‘lishi kerak.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sud da’vo arizasi yuzasidan taqdim etishni taklif qilgan yozma fikr yoki qo‘shimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni mavjud materiallar bo‘yicha ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Qo‘shimcha dalillarni qabul qilish haqidagi masala hal etilayotganda birinchi instansiya sudida mazkur dalillarni taqdim qilmaganlik sabablari, ularni apellatsiya instansiyasi sudiga taqdim qilishning zarurligi, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarga dalillarning aloqadorligi haqidagi arz qiluvchining tushuntirishlari e’tiborga olinadi. Agar manfaatdor shaxs birinchi instansiya sudida o‘zini insofsizlarcha tutganligi va sud jarayonini cho‘zish maqsadida mazkur dalillarni taqdim qilmaganligi aniqlansa, qo‘shimcha dalillar apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmasligi mumkin.
Bundan tashqari, IPK 276-moddasining birinchi qismida qoida nazarda tutilgan bo‘lib, unga muvofiq sud ishni apellatsiya instansiyasida ko‘rish chog‘ida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling