Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Sud ekspertining xulosasi deganda


Download 464.55 Kb.
bet118/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Sud ekspertining xulosasi deganda sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi tomonidan tuziladigan va sud-ekspert tekshirishlarining olib borilishini va natijalarini aks ettiradigan yozma hujjat tushuniladi.
Ekspertiza ish holatlarini atroflicha va har tomonlama, obyektiv o‘rganish hamda fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan savollarga tushuntirish berish maqsadida tayinlanadi.
Ekspertiza muassasasida ekspertizaning quyidagi turlari o‘tkaziladi:
sud-ekologik ekspertizasi, sud-avtotexnika ekspertizasi, transport vositalarini va ularning qismlarini baholash ekspertizasi, yong‘in-texnikaviy ekspertiza, sud-iqtisodiy ekspertiza, sud-tovarshunoslik ekspertizasi, sud qurilish- texnikaviy ekspertizasi, oziq-ovqat mahsulotlarining ekspertizasi va yo'riqnomada ko'rsatilgan boshqa turdagi ekspertizalar - O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi va uning hududiy bo‘limlarida;
shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi - O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarida;
sud xatshunoslik ekspertizasi - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boshqarmalarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi va uning hududiy bo‘limlarida;
Boshqa ekspertiza muassasalarida ularning ixtisosligidan kelib chiqib boshqa turdagi ekspertizalar ham o‘tkazilishi mumkin.
IPKning 55-moddasi va “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunning 10- moddasi mazmuniga ko‘ra ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
IPK 163-moddasi birinchi qismining 6-bandiga ko‘ra birinchi instansiya sudi nafaqat ishni ko‘rishda, balki ishni sud muhokamasiga tayyorlash paytida ham ekspertiza tayinlash masalasini ko‘rib chiqishga haqlidir. Apellatsiya instansiyasi sudi ishni mavjud va qo‘shimcha taqdim etilgan dalillar bo‘yicha qayta ko‘rishi sababli, ushbu instansiya sudi ham ishda ishtirok etuvchi shaxsning og‘zaki yoki yozma iltimosnomasiga ko‘ra ekspertiza tayinlashga haqli.
Sudning ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimi asoslantirilgan hamda IPKning 80, 82, 84-moddalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda: ekspertizani tayinlash asoslari; ekspertning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki ekspertiza o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ekspertiza muassasasining nomi; ekspert oldiga qo‘yilgan masalalar; ekspert ixtiyoriga taqdim etiladigan materiallar va hujjatlar; ekspertizani o‘tkazish va sudga xulosani taqdim etish kerak bo'lgan muddat ko‘rsatilishi lozim.
Ekspertiza iqtisodiy sudning majlisida yoki agar tekshirishning xususiyatiga ko‘ra zarur bo‘lsa yoxud tekshirish obyektlarini majlisga olib kelish imkoni bo‘lmasa, sud majlisidan tashqarida o‘tkaziladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lishga haqli, bunda ushbu ishtirok etish ekspertning normal ishlashiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Qo‘shimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi bo‘shliqlarning o‘rnini to‘ldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan o‘tkaziladi.
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslanmagan bo‘lsa yoki uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganida takroriy ekspertiza tayinlanadi.
Takroriy ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qo‘llanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilishi mumkin.
Takroriy ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda takroriy ekspertizani tayinlagan sudning birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga rozi emasligining sabablari ko‘rsatilishi lozim.
Takroriy ekspertizani o‘tkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertizani o‘tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) takroriy ekspertizani o‘tkazishda hozir bo‘lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishda va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir nechta ekspert tomonidan o‘tkazilishi mumkin.
Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi ekspertizani tayinlagan sud yoki mazkur ekspertizaning o‘tkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Ekspertizani o‘tkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi o‘z oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, o‘tkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.
Ekspertizani o‘tkazish o‘ziga topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibida har bir ekspert tekshirishlarni mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan o‘zi va komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qo‘yilgan masalalar yuzasidan xulosalarini o‘z maxsus bilimlari doirasida shakllantiradi.
Tekshirishlarning ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan to‘liq yoki qisman o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Komissiyaviy ekspertiza o‘tkazilayotganda ekspertlarning har biri tekshirishlarni to‘liq hajmda o‘tkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi.
Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan so‘ng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi.
Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir nechta tekshirish o‘tkazish yo‘li bilangina aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda tayinlanadi.
Kompleks ekspertizani o‘tkazishda ekspertlarning har biri o‘z vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda olib borganligi, qaysi faktlarni shaxsan o‘zi aniqlaganligi hamda qanday xulosalarga kelganligi ko‘rsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu tekshirishlar bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar bo‘ladi.
Umumiy xulosa (xulosalar) olingan natijalarni baholashga va ushbu xulosani (xulosalarni) shakllantirishga vakolatli bo‘lgan ekspertlar tomonidan chiqariladi. Agar ekspertlar komissiyasi yakuniy xulosasining yoki uning bir qismining asosi ekspertlardan biri (alohida ekspertlar) tomonidan aniqlangan faktlardan iborat bo‘lsa, bu haqida xulosada ko‘rsatilishi lozim.
Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi. Agar kompleks ekspertizani o‘tkazish davlat sud- ekspertiza muassasasiga topshirilgan bo‘lsa, ekspertizani tashkil etish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling