Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet117/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Isbotlashning alohida vositalari

Sud tomonidan foydalanilishi mumkin bo‘lgan isbotlash vositalariga, ya’ni dalillarga quyidagilar kiradi:
yozma dalillar (hujjatlar, shartnomalar, faks va dalolatnomalar);
ashyoviy dalillar (nizo bo‘yicha buyum, narsa, predmet va mahsulotlar);
ekspertlarning xulosalari;
mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari) ;
guvohlarning ko‘rsatuvlari (ish bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lish);
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari.
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar, shartnomalar, ma’lumotnomalar, amaliy yozishmalar, shu jumladan faks, mail, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning to‘g‘riligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa usulda olingan o‘zga hujjatlar va materiallar yozma dalillar hisoblanadi.
Yozma dalillar asl nusxada yoki tegishlicha tasdiqlangan nusxa shaklida taqdim etiladi. Agar ko‘rilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi aloqador bo‘lsa, uning tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Ish holatlari qonun hujjatlariga muvofiq hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lsa, shuningdek boshqa zarur hollarda iqtisodiy sudning talabi bilan ularning asl nusxalari taqdim etiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan iqtisodiy sudga topshirilgan yozma dalillarning nusxalari iqtisodiy sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi, qo‘lida shunday nusxalar bo‘lmagan boshqa shaxslarga yuboriladi (beriladi).
Ishda mavjud bo‘lgan hujjatlarning asli ularni taqdim etgan shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra iqtisodiy sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin, agar sud hujjatni qaytarish nizoning to‘g‘ri hal qilinishiga zarar yetkazmaydi degan xulosaga kelsa, ishni yuritish jarayonida hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar ularga qaytarib berilishi mumkin. Iltimosnoma bilan bir vaqtda mazkur shaxslar hujjat aslining tegishlicha tasdiqlangan nusxasini taqdim etadilar yoki ishda qolayotgan nusxaning asliga to‘g‘riligi sud tomonidan tasdiqlanishini iltimos qiladilar.
O‘zining tashqi ko‘rinishi, ichki xususiyatlari, turgan joyi yoki boshqa belgilari bilan ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash vositasi bo‘lib xizmat qila oladigan ashyolar ashyoviy dalillar hisoblanadi.
Ashyoviy dalillar iqtisodiy sudda saqlanadi.
Iqtisodiy sudga keltirib bo‘lmaydigan ashyoviy dalillar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tasvirlanishi, muhrlab qo‘yilishi, zarur hollarda esa fotosuratga yoki videotasvirga olinishi lozim.
Iqtisodiy sud va saqlovchi ashyoviy dalillarni o‘zgarmaydigan holatda saqlash choralarini ko‘radilar.
Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach ashyoviy dalillar kimdan olingan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga qaytarib beriladi yoxud sud shu ashyolarga kimning huquqi bor deb topgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga beriladi yoki sud belgilaydigan boshqa tartibda realizatsiya qilinadi.
Ayrim hollarda iqtisodiy sud ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirib va tekshirib chiqqanidan keyin basharti, ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berishni iltimos qilgan bo‘lsalar va bunday iltimosnomaning qanoatlantirilishi nizoning to‘g‘ri hal etilishiga zarar keltirmasa, ular kimdan olingan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga ish yuritish jarayonida qaytarib berilishi mumkin.
Iqtisodiy sud ashyoviy dalillarni qaytarish masalalari yuzasidan ajrim chiqaradi.
Qonunga muvofiq ayrim shaxslarning egaligida turishi mumkin bo‘lmagan ashyolar tegishli tashkilotlarga topshiriladi.
“Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga ko‘ra sud ekspertizasi — fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat va ma’muriy sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, san’at yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini o'tkazish va xulosa berishdan iborat bo'lgan protsessual harakat tushuniladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling