Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


-BOB. IQTISODIY PROTSESSDA PROTSESSUAL MUDDATLAR


Download 464.55 Kb.
bet101/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

7-BOB. IQTISODIY PROTSESSDA PROTSESSUAL
MUDDATLAR


  1. Iqtisodiy ishlarda protsessual muddatlar, tushunchasi, mazmuni va
    ahamiyati


Sudlarda iqtisodiy ishlarni yuritishda protsessual muddatlarga rioya etish sud hokimiyatini amalga oshiruvchi barcha bosqichdagi sudlar uchun ham, ishda ishtirok etuvchi shaxslar uchun ham muhim ahamiyatga ega. Ana shu nuqtayi nazardan iqtisodiy ishlarni yuritishni o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida protsessual muddatlar qonuniy tarzda ifoda etildi.
Protsessual muddatlar deganda, iqtisodiy ishlarni sudda ko'rish va hal qilish bilan bog'liq protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun lozim bo'lgan vaqt tushuniladi. Mazkur muddatlar sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, odil sudlovni amalga oshirishga ko'maklashuvchi shaxslar, shuningdek ayrim hollarda ishda ishtirok etmaydigan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi.
Protsessual muddatlarning asosiy o‘ziga xos jihati shundan iboratki, mazkur muddatlar aynan protsessual harakatlarni amalga oshirish vaqtini belgilaydi. Protsessual muddatlar nizoli moddiy-huquqiy munosabatga ta’sir ko‘rsatmaydi. Protsessual muddatlarning da’vo muddatidan ham farqini aniqlab olish lozim. Mamlakatimiz qonunchiligiga ko‘ra, da’vo muddatining o‘tishi moddiy huquqning tugatilishiga olib kelmaydi va shaxsning sud orqali himoyalanish huquqidan mahrum etmaydi. Masalan, Fuqarolik kodeksining 153-moddasiga ko‘ra, buzilgan huquqni himoya qilish talabi da’vo muddatining o‘tganligidan qat'i nazar, sudda ko'rib chiqish uchun qabul qilinadi. Da'vo muddati - shaxs o‘zining buzilgan huquqini da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan himoya qilishi mumkin bo‘lgan muddatdir. Lekin shunday bo‘lsa-da, qo‘llanish to‘g‘risida nizodagi taraf bayon qilgan da’vo muddatining o‘tishi sudning da’voni rad etish haqida qaror chiqarishi uchun asos bo‘ladi (FKning 153-moddasi uchinchi qismi). Mazkur normaning mavjudligi, o‘z navbatida, da’vo muddatini protsessual muddatlar toifasiga kiritishga asos bo‘ladimi degan savolni yuzaga keltiradi. Bizningcha, yo‘q. Chunki da’vo muddati mazkur holatda sud uchun qandaydir muayyan bir vaqtning o‘tishini yoki protsessual harakatlarni amalga oshirish vaqtini belgilamaydi. Da’vo muddati mazkur holatda sud tomonidan da’vo talabini rad etish haqida hal qiluv qarori chiqarish uchungina asos bo‘ladi xolos. Bu esa da’vo muddatining da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etishga asos bo‘ladigan javobgarning boshqa moddiy-huquqiy e’tirozlaridan deyarli farq qilmasligini ko‘rsatadi.
Qolaversa, protsessual harakatlar IPKda yoki boshqa qonunlarda belgilangan muddatlarda bajariladi, protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda esa ular iqtisodiy sud tomonidan belgilanadi (IPKning 119-moddasi). Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ham, shuningdek odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar ham o‘z kelishuvlari orqali protsessual muddatlarni o‘zgartirish huquqiga ega bo‘lmaydi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling