Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet97/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

arizachi va javobgar — huquqiy ta'sir choralarini qo'iiash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha.

Davlat bojini to'lashdan ozod qilish deganda to'liq ozod qilish yoxud iqtisodiy sudga da’vo arizasi (ariza) berganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish tushuniladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudga murojaat qilishda belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydilar. Bunda kichik biznes subyektlarining maqomi da’vo arizasiga ilova qilinadigan statistika organining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanishi lozim.
Agar iqtisodiy sudga murojaat qilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti tomonidan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘langan bo‘lib da’vo talablari qanoatlantirilganda ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha javobgardan undiriladigan davlat bojining miqdori da’vogar tomonidan to‘lab chiqilgan summa bilan chegaralanadi. Da’vo rad etilgan holda davlat boji da’vogardan qo‘shimcha ravishda undirilmaydi.
Ushbu ishlar bo‘yicha apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari uchun birinchi instansiya sudiga to‘langan (undirilgan) davlat bojining 50 foizi miqdorida boj to‘lanadi.
Yuqorida keltirilgan subyektlarni asosiy faoliyat yo‘nalishi iqtisodiyot sohasida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiyot sohasida qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashish bo‘lgani sababli ularni davlat boji to‘lovidan ozod qiilinishi qonun chiqaruvchi tomonidan Soliq kodeksida mustahkamlab qo‘yilgan.
Davlat bojini qaytarish asoslari va tartibi O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining 115-moddasida va Soliq kodeksining 342-moddasida nazarda tutilgan bo‘lib, ularga ko‘ra davlat boji quyidagi hollarda to‘liq yoki qisman qaytarilishi kerak:
qonun hujjatlarida talab qilinganidan ortiqcha miqdorda davlat boji to‘langanida;
arizani (shikoyatni) qabul qilish rad etilganda;
ariza (shikoyat) da’vogarga qaytarilganda;
agar ish sudga taalluqli bo‘lmasa, ishni yuritish tugatilganda;
ishda qatnashgan shaxs vafot etganida, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;
da’vogar nizoni sudga qadar hal etish (pretenziya bildirish) tartibiga rioya etmaganida, agar bu hol qonunda ushbu toifadagi nizolar uchun yoki taraflarning shartnomasida nazarda tutilgan hamda bunday hal etish imkoniyati boy berilgan bo‘lsa;
agar ishda qatnashayotgan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa;
sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilganda.
Ishni ko‘rish ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim chiqarish bilan yakunlanganida davlat boji qaytarilmaydi, to‘lanmagan davlat boji esa da’vogardan undiriladi. Shu bilan birga, Soliq kodeksining 342-moddasi birinchi qismining 4, 6, 7 va 9-bandlariga muvofiq ish sudga taalluqli bo‘lmaganligi munosabati bilan ish yuritish tugatilganda; ishda qatnashgan shaxs vafot etganida, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa; da’vogar nizoni sudga qadar hal etish (talabnoma bildirish) tartibiga rioya etmaganida, agar bu hol qonunda ushbu toifadagi nizolar uchun yoki taraflarning shartnomasida nazarda tutilgan hamda bunday hal etish imkoniyati boy berilganda; ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lmish tashkilot tugatilgan hollarda davlat boji qaytarilishi kerak.
Ishni ko‘rish da’voni (arizani) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrimni chiqarish bilan yakunlanganida davlat boji qaytarilmaydi, to‘lanmagan davlat boji esa da’vogardan undiriladi.
Dastlabki da’vo (ariza) ko‘rmasdan qoldirilgandan keyin da’vo arizasi (ariza) bilan iqtisodiy sudga qaytadan murojaat qilinganda davlat boji umumiy asoslarda yangidan to‘lanadi.
Apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatlari qaytarilganda ham to‘langan davlat boji qaytariladi. Apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatidan voz kechilgan va shikoyatdan voz kechish sud tomonidan qabul qilingan holda, tegishli sud instansiyasi ish yuritishni tugatadi va to‘langan davlat boji qaytarilmaydi, to‘lanmagan davlat boji esa shikoyat bergan shaxsdan undiriladi.
Da’vo bahosi kamaytirilganda to‘langan davlat boji qaytarilmaydi.
Neustoyka miqdori iqtisodiy sud tomonidan asosli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 326-moddasiga asosan kamaytirilganda, da’vogarning davlat boji bo‘yicha xarajatlari, neustoykani kamaytirmasdan undirilishi mumkin bo‘lgan summadan kelib chiqqan holda javobgar tomonidan qoplanadi.
Da’vo talablarining miqdori ko‘paytirilganda davlat boji ko‘paytirilgan da’vo bahosiga muvofiq undiriladi.
Da’vo talablarining miqdorini ko‘paytirish to‘g‘risidagi arizaga belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Ammo da’vo talablarining miqdorini ko‘paytirish to‘g‘risidagi arizaga bunday hujjatning ilova qilinmaganligi ushbu arizani qaytarish uchun asos bo‘lmaydi. Bunday holda IPKning 113-moddasi va Soliq kodeksining 337-moddasi to’qqizinchi qismiga muvofiq davlat bojining yetishmayotgan summasi hal qiluv qarori qabul qilinayotganda da’voning ko‘paygan summasiga ko‘ra undiriladi.
Sudning hal qiluv qarori, ajrimi va qarorida davlat bojini to‘liq yoki qisman qaytarish uchun asos bo'lgan holatlar ko'rsatiladi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling