Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ishni iqtisodiy sudda ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlar


Download 464.55 Kb.
bet98/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ishni iqtisodiy sudda ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlar

Sud xarajatlari davlat bojidan va ishni ko'rish bilan bog'liq chiqimlardan: sud hujjatlarini yuborish bilan bog'liq pochta xarajatlaridan, iqtisodiy sud tayinlagan ekspertizani o'tkazish, guvohni chaqirish, dalillarni o‘z joyida ko'zdan kechirish uchun to'lanishi kerak bo'lgan summa, shuningdek ishni ko'rish bilan bog'liq boshqa xarajatlardan tashkil topadi.
Sud hujjatlarini yuborish bilan bog'liq pochta xarajatlarining taxminiy summasi iqtisodiy sud tomonidan belgilanadi va da'vogar tomonidan iqtisodiy sudning depozit hisobvarag'iga o'tkazib qo'yilishi kerak.
Ekspertlar, mutaxasis, guvohlar va tarjimonlarga iqtisodiy sudga kelish bilan bog'liq bo'lgan yo'lkira, uy-joy ijarasi xarajatlari qoplanadi va kundalik
xarajatlar uchun haq to'lanadi. Ekspertlar va tarjimonlar iqtisodiy sudning topshirig'i bilan bajargan ish ularning xizmat vazifasi doirasiga kirmasa, ular bu ish uchun haq oladilar. Iqtisodiy sudga guvoh sifatida chaqirilgan fuqarolarning sudga kelishi tufayli yo'qotilgan vaqt bilan bog'liq xarajatlari qoplanadi.
Ishda ishtirok etib, tegishli iltimos bilan murojaat qilgan shaxs guvohlar va ekspertlarga to'lanishi lozim bo'lgan summani iqtisodiy sudning depozit hisobvarag'iga oldindan o'tkazadi. Agar ikkala tomon iltimos bilan murojaat qilgan bo'lsa, talab qilinadigan summani ular teng bo'lib o'tkazadilar. Agar qo'shimcha ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, to'lanishi lozim bo'lgan sud chiqimlari ekspertga sud tomonidan depozit hisobidan to'lanadi. Ekspertlarga, guvohlarga va tarjimonlarga tegishli bo'lgan summalar iqtisodiy sud tomonidan ular o‘z vazifalarini bajarganlaridan keyin to'lanadi.
To'lash tartibi va to'lanishi lozim bo'lgan summalar miqdori qonun hujjjatlarida belgilanadi.

  1. Sud xarajatlarining taqsimlanishi

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud xarajatlarini taqsimlash to'g'risida o'zaro kelishsalar, iqtisodiy sud shu kelishuvga muvofiq qaror qabul qiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellatsiya, kassatsiya shikoyati berishlari bilan bog'liq sud xarajatlari ushbu qoidada bayon qilingan talablarga muvofiq taqsimlanadi. Sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning qanoatlantirilgan da'vo talablari miqdoriga mutanosib ravishda yuklanadi.
Da'vogar to'lashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj to'lashdan ozod qilinmagan bo'lsa, qanoatlantirilgan da'vo talablari miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan respublika budjeti daromadiga undiriladi.
Agar ish ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibini buzish (talabnomani javobsiz qoldirish, talab qilingan hujjatlarni jo'natmaslik) oqibatida kelib chiqqan bo'lsa, iqtisodiy sud ishning natijasidan qat'iy nazar, sud xarajatlarini shu shaxsga yuklashga haqli.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida davlat boji bo‘yicha sud xarajatlarining qanday taqsimlanishi haqida ko‘rsatiladi. Ushbu qoida ishni ko‘rish ish yuritishni tugatish va da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrimni chiqarish bilan yakunlangan hollarga ham tatbiq etiladi.
Ishni apellatsiya, kassatsiya instansiyalari sudlarida yoki nazorat tartibida ko‘rishda sud hujjatlari o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan holda, iqtisodiy sud qarorda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan oldindan to‘langan davlat boji bo‘yicha xarajatlarni hisobga olib qayta taqsimlash masalasini ko‘rib chiqadi.
Sud hujjati bekor qilingan va ish yangidan ko‘rish uchun sud hujjati bekor qilingan iqtisodiy sud instansiyasiga yuborilganda, davlat boji bo‘yicha sud xarajatlarini taqsimlash masalasi ishni yangidan ko‘rayotgan iqtisodiy sud tomonidan to‘langan davlat boji va da’vo talablarining qanoatlantirilgan miqdori hisobga olinadi.
Da’vogar davlat bojini to‘lashdan belgilangan tartibda ozod etilgan bo‘lib, javobgar davlat boji to‘lashdan ozod etilmagan bo‘lsa, davlat boji javobgardan byudjet foydasiga qanoatlantirilgan da’vo talablari miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi. Agar ikkala taraf ozod etilgan bo‘lsa, unda davlat boji undirilmaydi.
Shuningdek, ishda ishtirok etuvchi shaxslar kelishuv bitimi tuzgan bo‘lib, unda qonun hujjatlariga xilof bo‘lmagan yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmaydigan davlat boji bo‘yicha sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shart mavjud bo‘lsa, iqtisodiy sud davlat bojini ushbu kelishuvga muvofiq taqsimlaydi.
Agar kelishuv bitimida davlat boji bo‘yicha sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shart bo‘lmasa, iqtisodiy sud ushbu masalani IPKda belgilangan umumiy tartibda kelishuv bitimini tasdiqlash paytida hal qiladi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling