Protsessual muddatlarni hisoblash, to‘xtatib turish, kechiktirish va tiklash, o‘tkazib yuborish
IPKning 119-moddasiga muvofiq protsessual harakatlarni bajarish muddatlari quyidagicha, ya’ni:
aniq kalendar sana bilan;
albatta, sodir bo'lishi lozim bo'lgan voqeani ko'rsatish bilan;
harakat bajarilishi mumkin bo'lgan davr bilan belgilanadi.
Darhaqiqat, protsessual muddatlar yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Protsessual muddatlar protsessual harakatlar bajarilishi mumkin bo‘lgan davr e’tiborga olinib, aniq kalendar kuni bilan belgilanadi. Yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning o‘tishi kalendar sananing ertasidan yoki uning boshlanishi belgilab qo‘yilgan voqea sodir bo‘lgan kundan boshlanadi. Yillar bilan hisoblanadigan muddat belgilangan muddat oxirgi yilining tegishli oy va kunida tugaydi. Oylar bilan hisoblanadigan muddat belgilangan muddat oxirgi oyining tegishli kunida tugaydi. Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning tugashi tegishli kuni bo‘lmagan oyga to‘g‘ri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi.
Muddatning oxirgi kuni ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelgan hollarda undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddatning tugash kuni deb hisoblanadi.
Protsessual harakat belgilangan muddatning oxirgi kuni to soat yigirma to‘rtgacha bajarilishi mumkin. Agar apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlari va boshqa hujjatlar aloqa tashkilotiga muddatning oxirgi kunida soat yigirma to‘rtga qadar topshirilgan bo‘lsa, muddat o‘tkazib yuborilgan hisoblanmaydi.
Shu bilan birga, muddat boshqacha tarzda ham, masalan, albatta, sodir bo‘lishi lozim bo‘lgan voqeani ko‘rsatish bilan yoki harakat bajarilishi mumkin bo‘lgan davr bilan belgilanishi mumkin. Agar protsessual harakat sudda bajarilishi lozim bo‘lsa, belgilangan qoidalarga muvofiq sudda ish tugagan soatda muddat tamom bo‘lgan hisoblanadi. Agar ariza, shikoyat, hujjatlar yoki pul summasi muddatning oxirgi kuni soat yigirma to‘rtgacha aloqa tashkilotiga topshirilgan bo‘lsa, muddat o‘tmagan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |