Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet138/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

2. Da’voni ta’minlash
Da’vogarning sud hujjatining ijrosi qiyinlashtirilishi yoki bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘yilishi mumkinligi haqida xavf mavjud bo‘lsa, uning ijrosini ta’minlaydigan kafolatlar bo‘lishi lozim. Shu maqsada iqtisodiy protsessual qonunchiligi da’voni ta’minlash choralarini nazarda tutadi. Da’voni ta’minlash, sud tomonida belgilangan va da’vo qanoatlantirilgan holatda da’vo talablarini da’vo talablarini amalga oshirish imkoniyatini kafolatlaydigan choralarni qo‘llash bilan ifodalanadi. Da’voni ta’minlash ahamiyati, javobgar insofsizlik bilan harakat qilganida yoki umuman chora qo‘llanilmaganligi sudning hal qiluv qarori ijrosini bajarib bo‘lmasligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan hollarda da’vogarning huquqlari himoya qilinishidadir.
Binobarin, agar undiruv javobgarning mol-mulkiga qaratiladigan taqdirda yashirish, yo‘q qilish, begonalashtirish yoki iste’mol qilish natijasida yo‘qolishi mumkinligi haqiday etarli darajada asoslangan taxmin mavjud bo‘lsa, da’voni ta’minlash bo‘yicha choralar qo‘llash zarur bo‘lishi mumkin.
Da'voni ta'minlash- bu iqtisodiy sud tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini kafolatlaydigan qonunda nazarda tutilgan choralarning qabul qilinishidir.
Agar da’vo deganda, nizoni sudda ko‘rib chiqish va ish qo‘zg‘atishning vositasi bo‘lsa, da’voni ta’minlashning huquqiy tabiati esa moddiy-huquqiy talabning kafolatini ta’minlaydi.
Iqtisodiy sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga ko‘ra da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishga haqli. Da’voni ta’minlashga, agar shunday choralarni ko‘rmaslik sud hujjatining ijrosini qiyinlashtirishi yoki bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘yishi mumkin bo‘lsa, iqtisodiy sud ishini yuritishning har qanday bosqichida yo‘l qo‘yiladi. Kelgusida da’vo taqdim etilishi ko‘zda tutilgan talabni ta’minlash imkoniyati qonunda nazarda tutilmagan.
Zarur hollarda, masalan, da’vo bir necha talabdan iborat bo‘lib, to‘liq emas, balki uning ayrim talablarini ta’minlashga zaruriyat bo‘lsa, da’vo qisman ta’minlanishi mumkin. Da’voni ta’minlash dastlabki da’vo bo‘yicha hamda belgilangan tartibda taqdim etilgan qarshi da’vo bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin.
Protsessual qonunchilik ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra da’voni ta’minlashga yo‘l qo‘yadi, bunda iqtisodiy sudning tashabbusi bilan da’voni ta’minlashni nazarda tutmaydi.
Taqdim etilgan da’volargina ta’minlanishi mumkin. Da’vo taqdim etilmaguncha u ta’minlanishi mumkin emas. Sudning ish yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan batamom hal etilgan da’volar ta’minlanishi mumkin emas, chunki mazkur hal qiluv qarori ijro xususiyatiga ega bo‘ladi.
Da’voning ta’minlanishi masalasi tezkor hal etilishi lozimligini inobatga olgan holda da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan nizoni hal etayotgan iqtisodiy sud tomonidan ko‘riladi. Shuning uchun ham da’voni ta’minlash masalasi taraflarni sud majlisiga chaqirmasdan sudyaning yakka o‘zi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Da’vo arizasi bilan birga berilgan da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish bilan bir vaqtda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza sud majlisida berilgan taqdirda, u shu majlisda ko‘rib chiqilishi lozim.
Da’vo taqdim etilishida, da’voni ta’minlash to‘g‘risida bildirilgan iltimosnoma da’vo arizasida yoki unga ilova qilingan alohida arizada bayon etilishi mumkin va mazkur iltimosnoma arizachi tomonidan asoslantirilgan bo‘lishi shart.
Iqtisodiy sud da’voni ta’minlash masalasini ko‘rib chiqayotganida da’vo talablarini asoslovchi ma’lumotlarning inobatga olishi hamda da’voni ta’minlash choralari zaruriyati mavjudligini o‘rganishi lozim.
Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra hakamlik sudi joylashgan yerdagi yoxud javobgar joylashgan yerdagi yoki yashaydigan joydagi yoinki javobgarning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sud tomonidan ariza iqtisodiy sudga kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan taraflarni xabardor qilmagan holda ko‘rilishi mumkin. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizaga da’voning hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar ilova qilinadi.
Arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi. Da’voni ta’minlash yoki ta’minlashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat berish ushbu ajrim ijrosini to‘xtatib turmaydi.
Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizani iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqish va da’voni ta’minlash haqida ajrim chiqarish ushbu Iqtisodiy protsessual kodeksining 93-99-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.


Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling