Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq
Download 464.55 Kb.
|
ИПҲ-дарслик-2018
Izoh: ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari videokonferensaloqa rejimida iqtisodiy sud majlisida ishtirok etish huquqi ishni sudda ko‘rishga tayyorlash haqidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrimda ishni ko‘rayotgan sud joylashgan hududdan tashqarida bo‘lgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ishni ko‘rayotgan sudga hozir bo‘lish yo‘li bilan sud majlisida bevosita ishtirok etish huquqi hamda ular joylashgan hududdagi iqtisodiy sudga hozir bo‘lish yo‘li bilan videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqi tushuntiriladi. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash haqidagi ajrim nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan tashqari videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan tegishli iqtisodiy sud(lar)ga yuboriladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni sudda ko‘rishga tayyorlash haqidagi ajrimni olgandan so‘ng, ishni ko‘rayotgan yoki videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan sud(lar)ga videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga xohishi haqida og‘zaki yoki yozma shaklda ma’lum qilishga haqli. Biroq ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan bunday ma’lumotning taqdim etilmasligi ularning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqidan mahrum qilmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilarini videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqi ularga hamda ularning bunday majlisda ishtirok etishiga ko‘maklashadigan tegishli iqtisodiy sudga yuboriladigan ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi sud ajrimida ko‘rsatiladi. Bunda ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnomalar, shuningdek sud majlisida taqdim etilgan yozma dalillar ishni ko‘rayotgan iqtisodiy sudga yuborilishini ta’minlash majburiyati videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan iqtisodiy sud zimmasiga yuklanadi. Download 464.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling