Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet169/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Masalan, da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish, ekspertiza tayinlash, ishni ko‘rishni to‘xtatish va boshqalar.
Ariza esa ishni ko‘rishda vujudga keladigan masala yuzasidan axborot mazmunidagi sud muhokamasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin ma’lumotga ega bo‘ladi.
Masalan, ikkinchi taraf havola qilayotgan dalillarning yo‘qligi, taraflardan birining ekspertiza o‘tkazilishida qatnashishidan bosh tortishi haqida.
Iltimosnoma va ariza yozma yoki og‘zaki shaklda bildirilishi mumkin. Iltimosnomada qayd etilgan so‘rov etarli darajada asosalantirilgan bo‘lishi lozim. Qonun ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnoma va arizalarini faqatgina ushbu yuzasidan ishda ishtirok etayotgan barcha shaxslarning fikrini eshitib bo‘lgan hal etilishini talab qiladi. Bu iqtisodiy protsessidagi taraflarning tortishuchilik va protsessual teng huquqlilik tamoyillari bilan izohlanadi.
Iqtisodiy sudi arizalar va iltimosnomalarni ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi.
Ajrimning shakli iltimosnomaning mazmuni va uni ko‘rib chiqish natijalariga bog‘liq. Masalan, agar iltimosnoma sud majlisini qoldirish to‘g‘risida berilgan bo‘lsa, u qanoatlantirilganda alohida hujjat tariqasida ajrim chiqariladi, qanoatlantirish rad etilganda hal qiluv qarorida ko‘rsatiladi. Agar taraf ish hujjatlariga qo‘shimcha dalillarni qo‘shish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilsa, u qanoatlantirilganda yoki rad etilganda og‘zaki ajrim chiqariladi. Berilgan iltimosnomalar bo‘yicha chiqariladigan ajrimlarga qo‘yiladigan umumiy talab - ma'lumotlar sud majlisi bayonnomasiga kiritilishining majburiyligi.
Izoh: ariza, iltimosnomalarni qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risidagi ajrimlar shikoyat (protest) qilinmaydi.
Ishni ko'rishni keyinga qoldirish bu - ish bo'yicha navbatdagi sud majlisi kunini belgilab, nizoni mazmunan ko‘rishni kechiktirish hisoblanadi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling