Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet167/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Izoh: rad qilish to‘g‘risidagi ariza faqat IPKning 20 va 21-moddalarida ko‘rsatilgan hollar mavjud bo‘lganda berilishi mumkin.
Ishni yakka tartibda ko‘rayotgan sud raisini rad qilish to‘g‘risidagi ariza uning o‘zi tomonidan hal etiladi.
IPKda sudning barcha sudyalarini bir vaqtning o‘zida rad qilish nazarda tutilmagan, shu munosabat bilan barcha sudyalarni rad qilish haqidagi arizalar qanoatlantirilmasdan qoldiriladi.
IPK 23-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra bir necha sud’yani yoki ishni ko‘rayotgan butun sud tarkibini butunlay rad qilish masalasi shu sudning to‘liq tarkibida oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal qilinadi. Bunda "shu sud" deganda, ayni shu ishni ko‘rayotgan sud tarkibi nazarda tutiladi.
Keyin esa raislik etuvchi sud majlisida hozir bo‘lgan guvohlar ularni so‘roq qilish boshlanguncha sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi. Raislik qiluvchi sud tomonidan so‘roq qilingan guvohlar so‘roq qilinmagan guvohlar bilan o‘zaro muomala qilmasliklarini ta’minlash choralarini ko‘radi. Har bir guvoh alohida so‘roq qilinishi munosabati bilan ularni yolg‘on guvohlik berganligi uchun javobgarligi to‘g‘risida ogohlantiriladi.
Shundan so‘ng raislik etuvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hamda iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi.
Agar ishda sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmaydigan shaxs ishtirok etayotgan bo‘lsa, ishda tarjimon ishtiroki masalasi shu vaqtda hal etilishi lozim.
Izoh: raislik etuvchi tarjimonni bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganlik uchun, ekspertni bila turib noto‘g‘ri xulosa berganlik yoki xulosa berishdan bosh tortganlik uchun, guvohlarni bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik va ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik yoki bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiradi.
Shundan so‘ng raislik etuvchi majlisni olib borish va dalillarni tekshirish tartibini belgilaydi. Qoida tariqasida sud oldin da’vogarning, u tarafdagi uchinchi shaxsning, keyin javobgarning va u tomondagi uchinchi shaxsning tushuntirishini eshitadi. Ayrim hollarda da’vogarning talabidan kelib chiqib, nizoning holatlari javobgar tomonidan tushuntirilishi mumkin. Har qanday holatda ham taraflarga nizoni hal etish bo‘yicha dalillarni taqdim etishlari uchun teng sharoit yaratib berilishi kerak.
Iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning ishtirokchilari, shuningdek sud zalida hozir bo‘lgan fuqarolar sud majisining tartibiga qat’iy rioya qilishlari lozim. Sud majlisida tegishli tartibga rioya qilish iqtisodiy sudining vazifalari va odil sudlovni amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib o‘rnatilgan. Bu maqsadga erishish uchun protsessual harakatlarni amalga oshirishda qat’iy izchillik talab etiladi.
Sudyalar majlis zaliga kirganlarida zalda hozir bo‘lganlarning barchasi o‘rinlaridan turadi. Iqtisodiy sudning hal qiluv qarorini zalda hozir bo‘lganlarning barchasi tik turgan holda tinglaydi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari iqtisodiy sudiga tik turgan holda murojaat qiladi hamda tushuntirishlar va ko‘rsatuvlar beradi. Bu qoidadan chetga chiqishga faqat raislik qiluvchining ruxsati bilangina yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Sud majlisining bir maromda borishiga xalaqit beradigan har qanday holatga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va bunday harakat to‘xtatilishi lozim.
Majlis vaqtida tartib buzilgan taqdirda raislik qiluvchi iqtisodiy sudi nomidan tartibni buzgan shaxsni ogohlantiradi. Tartib takroran buzilgan taqdirda mazkur shaxs raislik qiluvchining farmoyishi bilan chiqarib yuborilishi mumkin.
Raislik etuvchining protsessni barcha ishtirokchilari bilan teng, bir xil munosabatda bo‘lishi sudlov ishlarini yuritish madaniyatini oshiradi. Qonun protsessning barcha ishtirokchilaridan sudyalarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishini talab qiladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling