Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet175/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: IPKning 50-moddasi birinchi qismida, davlat organlari va boshqa shaxslarning ishtiroki, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslarning, fuqarolarning, jamiyat va davlatning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida da’vo arizasi (ariza) taqdim etishi mumkin. Da’vo taqdim etgan mazkur organlar va shaxslar da’vogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi tuzish huquqi mustasno.
Davlat organi va boshqa shaxsning o‘zi taqdim etgan da’vo arizasidan (arizadan) voz kechishi da’vogarni (arizachini) ishni mazmunan ko‘rishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Davlat organi va boshqa shaxs tomonidan da’vogarning huquqlarini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan da’vo arizasidan (arizasidan) da’vogarning (arizachining) voz kechishi da’vo arizasini (arizani) ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.
Kelishuv bitimi yozma shaklda rasmiylashtiriladi va taraflar yoki kelishuv bitimini tuzish vakolati maxsus nazarda tutilgan IPKning 63-moddasi talablariga muvofiq berilgan ishonchnoma mavjud bo‘lgan holda, ularning vakillari tomonidan imzolanadi. Bunday ishonchnoma kelishuv bitimiga ilova qilinishi va ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yilishi lozim.
Kelishuv bitimining shartlari aniq, ravshan bayon qilinishi va uning ijro etilishida kelishuv bitimining mazmuni bo‘yicha har xil talqin qilinishiga va kelgusida nizolarning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lishi kerak.
Kelishuv bitimi taraflarning bir-biri oldidagi o‘zaro majburiyatlarining shartlari, miqdori va bajarish muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim.
Kelishuv bitimi, xususan majburiyatlar bajarilishining kechiktirilishi yoki bo‘lib-bo‘lib bajarilishi to‘g‘risidagi; qarzni, neustoykani tan olish yoki ularning miqdorini kamaytirish to‘g‘risidagi; sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi shartlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Kelishuv bitimi shartlarini ko‘rib chiqishda sudning vazifasi taraflarning kelishuv bitimini tuzish va ish yuritishni tugatishga bo‘lgan haqiqiy xohish- irodasini, ular tomonidan kelishuv bitimi tuzilayotganida qonun talablari bajarilganligini aniqlash va kelgusida kelishuv bitimini sud hujjatlari bilan teng shartlarda ijro qilinishini ta’minlashdan iboratdir.
Sud kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani muhokama qilayotganida taraflar taqdim etgan kelishuv bitimi qonun hujjatlariga xilof emasligini va u boshqa biror-bir shaxsning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini, agar kelishuv bitimi ko‘char yoki ko‘chmas mulkni berish to‘g‘risidagi shartni o‘z ichiga olsa, sud ushbu mulkka uchinchi shaxslarning huquqlari bor-yo‘qligini (xatlab qo‘yilganligini, garovga qo‘yilganligini va h.k.) tekshirishi lozim.
Sud tomonidan kelishuv bitimining tasdiqlanishi ish yuritishni tugatishga asos bo‘ladi (IPKning 110-moddasi 7-bandi).
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi sud ajrimining xulosa qismida uning barcha shartlari bayon etilishi lozim. Bunda taraflarning sud xarajatlarini taqsimlash bo‘yicha kelishuvning mavjud emasligi kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etishga asos bo‘lmaydi. Bunday holda, sud xarajatlarini taqsimlash masalasini sud IPKning 118-moddasi qoidalari asosida hal qiladi.
Kelishuv bitimini tasdiqlash va ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi sud hujjati ustidan IPKda belgilangan umumiy tartibda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Agar kelishuv bitimining tarafi, kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kelishuv bitimi shartlarini qayta ko‘rib chiqishga va (yoki) kelishuv bitimini ijro etishdan bosh tortishga qaratilgan da’vo bilan murojaat qilsa, sud IPKning 73-moddasi ikkinchi qismini qo‘llab, bunday talablarni qanoatlantirishni rad etishi lozim.
Kelishuv bitimi taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda ijro etilishi lozim.
Kelishuv bitimining unda belgilangan tartib va muddatlarda ijro etilmasligi sud tomonidan manfaatdor tarafning arizasi bo‘yicha ijro varaqasi berish uchun asos bo‘ladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling