Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet183/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Masalan, soliq organining qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan soliq qarzini undirish haqidagi talabi bo‘yicha iqtisodiy ishi ko‘rilayotganda, yakka tartibdagi tadbirkor - fuqaroning o‘limi natijasida merosxo‘rlarning soliq qarzdorligini to‘lsh majburiyati vujudga kelmaydi.
Biroq, iqtisodiy protsessining ishtirokchisi bo‘lgan fuqaroning o‘limi sababli uning mulki davlatga yoki vasiyatga ko‘ra yuridik shaxsga o‘tgan hollarda protsessual huquqiy vorislik qilish mumkin bo‘ladi.
Izoh: FKning 1156, 1157-moddalariga ko‘ra, meros qoldiruvchining kreditorlari vasiyatnomani ijro etuvchiga (merosni boshqaruvchiga) yoki merosxo‘rlarga meros qoldiruvchining majburiyatlaridan kelib chiqadigan o‘z talablarini qo‘yishga haqlidirlar. Bu holda merosxo‘rlarning har biri o‘ziga tekkan mol- mulkning qiymati doirasida solidar qarzdorlar sifatida javobgar bo‘ladilar.
Agar qonun bo‘yicha ham, vasiyatnoma bo‘yicha ham merosxo‘rlar bo‘lmasa yoxud merosxo‘rlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega bo‘lmasa yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan bo‘lsa, meros mol-mulk egasiz deb hisoblanadi.
Meros mol-mulk meros ochilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining arizasi bo‘yicha meros ochilgan kundan e’tiboran uch yil o‘tganidan keyin sudning qarori asosida egasiz deb topiladi. Meros mol-mulk, agar uni qo‘riqlash va boshqarish bilan bog‘liq xarajatlar uning qiymatidan oshib ketsa, ko‘rsatilgan muddat o‘tishidan oldin egasiz deb topilishi mumkin. Egasiz mol- mulk u turgan joydagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mulkiga o‘tadi, bu organ mol-mulkdan voz kechgan taqdirda davlat mulkiga o‘tadi.

  1. Da’vogar da’vosidan voz kechgan va sud uni qabul qilgan bo‘lsa ham iqtisodiy sudi ish yuritishni tugatadi.

Izoh: Yuridik shaxsni tugatish haqidagi ishni ko‘rish jarayonida korxona faoliyati tiklanganligi holatining aniqlanishi arizadagi talabni qanoatlantirishni rad qilish uchun asos bo‘lmaydi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling