Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet181/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Masalan, arizachi tuman DSI iqtisodiy sudiga ariza bilan murojaat qilib, javobgar “M” MCHJga nisbatan moliyaiviy jarima qo‘llashni so‘ragan.
Mazkur holatda tuman DSIning javobgar “M” MCHJga nisbatan 1.589.187 so‘m moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi talabi tuman DSIning 11.05.2014 yildagi 05/11-9634-son ma’lumotnomasiga ko‘ra, tekshiruv natijasida aniqlangan 2009-2012 yillar uchun qat'iy soliq summasi 1.589.187 so'mga qo'shimcha hisoblanganligi qayd etilgan.
Agar nazorat qiluvchi organ tomonidan ariza (taqdimnoma)da moliyaviy sanksiya qo‘llash bilan birga qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va majburiy to‘lovlarni undirish haqida talab qo‘yilgan bo‘lsa, bunda ishning ushbu qismi bo‘yicha ish yuritish mazkur talab sudga taalluqli emasligi munosabati bilan tugatiladi.
Shunga ko‘ra, sud mazkur nizo iqtisodiy sudiga taalluqli emas deb hisoblagan va ish yuritishni tugatgan.
Izoh: Kassatsiya shikoyati hal qiluv qarori, qaror ustidan shikoyat qilishga huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan berilganda yoki kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida shikoyat berilmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilganda birinchi instansiyasi sudining sudyasi IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etadi. Agar ko‘rsatilgan holatlar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, shikoyat (protest) bo‘yicha kassatsiya instansiyasida ish yuritish IPKning 110-moddasi 1-bandiga mos holda tugatiladi.
“Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga asosan iqtisodiy sudi qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani ish yuritish uchun qabul qilib olgan paytdan e’tiboran kreditorlar qarzdorga o‘z talablarini qondirish maqsadida yakka tartibda murojaat etishga haqli emas.
Agar ko‘rsatilgan holatlar da’vo ariza (ariza) ish yurituvga qabul qilingandan keyin aniqlansa, u holda IPKning 110-moddasi 1-bandiga asosan ish bo‘yicha ish yuritish tugatiladi.
YAna bir holat, Sud ijrochisining u yoki bu qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza iqtisodiy sudi tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va bunday arizalar IPKning 154-moddasi 1-bandiga asosan qabul qilinmaydi, qabul qilinganlari bo‘yicha esa IPKning 110-moddasi 1-bandiga asosan ish yuritish tugatilishi lozim.

  1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki chet davlat vakolatli sudining ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa ish yuritishni tugatishga olib keladi. Bunda ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo bo‘yicha sudlar qaror qabul qilgan va u qonuniy kuchga kirgan bo‘lishi lozim.


Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling