Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Kelishuv bitimi tuzilib, u iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa


Download 464.55 Kb.
bet184/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Kelishuv bitimi tuzilib, u iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa ham iqtisodiy sud ish yuritishni tugatadi. Kelishuv bitimi o‘zaro kelishilgan shartlar asosida taraflarning kelishuviga ko‘ra ish yuritish tugatilishini nazarda tutadi. Kelishuv bitimi iqtisodiy sudining tekshiruvidan so‘ng mazkur bitim qaysi bosqichda tuzilganligidan qat’iy nazar, iqtisodiy sudi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Iqtisodiy sud kelishuv bitimini tekshirishda boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga putur etkazmasligiga e’tibor qaratishlari lozim.

Izoh: apellatsiya instansiyasidan kelishuv bitimining tuzilishi, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor bo‘lishiga, kassatsiya instansiyasida kelishuv bitimining tasdiqlanganligi birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudining qarorlari bekor bo‘lishiga olib keladi.

  1. Da’vogar javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan bo‘lsa, bunda shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki taraflar shartnomasida nazarda tutilgan va bunday tartibni qo‘llash imkoniyati boy berilgan bo‘lsa ham iqtisodiy sud tomonidan ish yuritish tugatiladi.

Agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, taraflar o‘zaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini ko‘rganlaridan so‘nggina iqtisodiy sudida ish qo‘zg‘atish mumkin. Bunda prokuror, davlat organlari va boshqa organlarning arizalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atish taraflar yuqoridagi choralarni ko‘rgan-ko‘rmaganliklaridan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
Masalan, “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasiga ko‘ra, yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish bo‘yicha majburiyatlar buzilgan taqdirda, yuk jo‘natuvchilar va yukni oluvchilar tegishli temir yo‘l transporti korxonalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda talab va da’volar taqdim etishga haqlidir.
Havo kodeksining 126-moddasiga ko‘ra, tashuvchi talabni ko‘rib chiqishi va uning qondirilganligi yoki rad etilganligi haqida uch oy ichida xabar qilishi shart, bevosita aralash havo yo‘llarida tashishga yoki bir nechta tashuvchi ishtirok etayotgan tashishga doir talablar uchun bu muddat olti oydan, jarima to‘lash to‘g‘risidagi da’volar uchun esa 45 kundan iborat.
Qonunda nazarda tutilgan ushbu muddatlarning o‘tkazib yuborilganligi bunday imkoniyatning yo‘qolganligini anglatadi.
Ish yuritishni tugatish to‘g‘risida iqtisodiy sud ajrim chiqaradi.
Iqtisodiy sudning ajrimida sud xarajatlarini ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida taqsimlash, davlat bojini budjetdan qaytarish masalalari hal qilinishi mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling