Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet185/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: umumiy qoida bo‘yicha ishni ko‘rish ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim chiqarish bilan yakunlanganida davlat boji qaytarilmaydi, to‘lanmagan davlat boji esa da’vogardan undiriladi. Shu bilan birga SKning 342-moddasi birinchi qismining 4, 6, 7 va 9-bandlariga muvofiq:

  • ish sudga taalluqli bo'lmaganligi munosabati bilan ish yuritish tugatilganda;

  • ishda qatnashgan shaxs vafot etganida, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;

  • da’vogar nizoni sudga qadar hal etish (talabnoma bildirish) tartibiga rioya etmaganida, agar bu hol qonunda ushbu toifadagi nizolar uchun yoki taraflarning shartnomasida nazarda tutilgan hamda bunday hal etish imkoniyati boy berilganda;

  • ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lmish tashkilot tugatilgan hollarda, davlat boji qaytarilishi kerak.

Ish yuritish tugatilgan taqdirda ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan iqtisodiy sudiga ikkinchi bor murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi iqtisodiy sudining ajrimi ustidan shikoyat berish (protest keltirish) mumkin.
Da’voni ko‘rmasdan qoldirish asoslari va tartibi
IPKning 107-moddasiga ko‘ra iqtisodiy sudi quyidagi hollarda da’voni ko‘rmasdan qoldiradi:

  1. fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, iqtisodiy sud, hakamlik sudi ish yurituvida ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa;

  2. ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ushbu nizoni hakamlik sudiga ko‘rish uchun topshirish to‘g‘risidagi kelishuvi mavjud bo‘lib, hakamlik sudiga murojaat qilish imkoniyati boy berilmagan bo‘lsa va agar ishning iqtisodiy sudda ko‘rilishiga qarshi bo‘lgan javobgar nizoning mazmuni bo‘yicha o‘zining birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni hakamlik sudining hal qiluviga o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma bersa;

  3. da’vo arizasi imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;

  4. qonun hujjatlariga yoki shartnomaga ko‘ra qarz bank yoki boshqa kredit tashkiloti orqali undirib olinishi kerak bo‘lishiga qaramay, da’vogar javobgardan qarzini undirib olish uchun bankka yoxud boshqa kredit tashkilotiga murojaat etmagan bo‘lsa;

  5. da’vogar nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan bo‘lsa, basharti bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki taraflar shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa;

  6. da’vogar birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rilishi to‘g‘risida arz qilmagan bo‘lsa;

  7. yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ariza ko‘rilayotganda huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqqanligi aniqlansa;

  8. da’vogarning manfaatlarini ko‘zlab prokuror, davlat organi va boshqa shaxs tomonidan taqdim etilgan da’vodan da’vogar voz kechgan bo‘lsa;

  9. javobgarga nisbatan bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa va javobgarga nisbatan taqdim etilgan talab qonunga ko‘ra bankrotlik to‘g‘risidagi ish doirasida ko‘rilishi lozim bo‘lsa.

Sud da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Iqtisodiy sudning ajrimida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida sud xarajatlarini taqsimlash, davlat bojini budjetdan qaytarish masalalari hal qilinishi mumkin.
Da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
Da’voni ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilgach, da’vogar iqtisodiy sudga umumiy tartibda yana murojaat qilish huquqiga ega.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling