Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet186/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

  1. Ishni hal qiluv qarori chiqarmasdan yakunlash asoslari va tartibini tushuntiring.

  2. Ish yuritishni tugatish asoslarini misollar asosida tahlil qiling.

  3. Ish yuritishni to‘xtatish va tiklash asoslarining o‘ziga xos xususiyatlarini izohlang.

  4. Da’voni ko‘rmasdan qoldirish asoslarini misollar asosida tahlil qiling.

KAZUSLAR
1-kazus
Da’vogar “TOSHNEFTGAZQURILISH” Aksiyadorlik jamiyati iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “SEKOND UNIVERSAL QURILISH SERVIS” sho‘ba korxonasi hisobidan asosiy qarz va penya undirishni so‘ragan.
Ishni sudda ko‘rish jarayonida aniqlanishicha, da’vogar
“O'ZELEKTROAPPARAT-ELECTROSHIELD” Aksiyadorlik jamiyati
shaklidagi qo‘shma korxonasining qarzdor XICQK “UMUM QURILISH SERVIS”ni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza asosida bankrotlik ishi qo‘zg‘atilgan va sudning 10.10.2012 yildagi hal qiluv qarori bilan XICQK “UMUM QURILISH SERVIS” bankrot deb topilgan.
Javobgarning bankrot deb topilganligi sababli sudya tomonidan ish yuritish tugatilgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering? Ish yuritishni tugatish asoslarini tahlil eting.
2-kazus
Da’vogar “VNG” AJ javobgarlar:“YANGI OBOD” fermer xo‘jaligi, qo'shimcha javobgarlar - “Agrobank” ATB, “Agrobank” ATB Xiva tuman filialiga nisbatan iqtisodiy sudga murojaat qilib, kafillik shartnomasini haqiqiy emas deb topib bekor qilishni so‘ragan.
Da’vogar 2013-yil 14-martdagi sud majlisida ariza bilan murojaat qilib, da’vo talabini kafillik shartnomasini haqiqiy emas deb topib bekor qilishdan kafillik shartnomasini bekor qilishga o‘zgartirishni so‘ragan.
Sud da’vogarning da’vo talabini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizasini qabul qilgan.
Sud 2013-yil 14-martda da’vo talabini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilgan.
Biroq hal qiluv qarorining xulosa qismida da’vo talabini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza qabul qilinganligi ko‘rsatilmagan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Hal qiluv qarorimn mazmunini tushuntiring.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling