Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet194/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Tayyorlov ajrimlari - ular ishni iqtisodiy sud tomonidan mazmunan hal qilishgacha bo‘lgan jarayonning borishini ta’minlaydi. Bunday ajrimlar ishni qo‘zg‘atish, ishni sudda ko‘rishga tayyorlash va sud muhokamasi bosqichida chiqariladi va jarayonni bir maromda yuritilishini ta’minlaydi, qonuniy va asoslantirilgan hal qiluv qarori qabul qilinishiga ko‘maklashadi.

Unga misol uchun quyidagilar: ish yuritishni to‘xtatib turish va uni tiklash (IPKning 106-moddasi), da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish (IPKning 152- moddasi), ishni sud muhokamasiga tayyorlash (IPKning 162-moddasi), sud muhokamasini keyinga qoldirish (IPKning 171-moddasi) to‘g‘risidagi va boshqa ajrimlar (IPKning 23, 45, 46, 79, 80, 90, 96, 99, 123, 124 va pokazo moddalari) kiradi.

  1. Muayyan protsessual harakatlarni amalga oshirish imkoniyatiga g‘ov (to‘siq) qo‘yadigan cheklovchi ajrimlar. Ular nizo mohiyatiga ta’sir qilmaydi. Unga quyidagilar: da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish (IPKning 108- moddasi), ish yuritishni tugatish (IPKning 111-moddasi), sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad qilish (IPKning 140-moddasi), da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilishni rad etish (IPKning 154-moddasi) to‘g‘risidagi ajrimlar kiradi. Ushbu ajrimlarning barchasi uni qabul qilgan iqtisodiy sud tomonidan o‘zgartirilishi mumkin emas.

  2. Ishni ko‘rib chiqishni va sudlov jarayonini yakunlovchi xulosaviy ajrimlar. Unga da’vogar da’vosidan voz kechganligi sababli ish yuritishni tugatish (IPKning 110-moddasining 6-bandi), kelishuv bitimini tasdiqlash (IPKning 133-moddasi) to‘g‘risidagi ajrimlar kiradi.

Taraflarning kelishuv bitimiga erishishi ular tomonidan yozma tarzda rasmiylashtiriladi. Kelishuv bitimi iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanadi, bu haqida ajrim chiqarilib, unda ish yuritish tugatilganligi ko'rsatiladi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling