Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet197/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Xususiy ajrimlar. Ishni ko‘rish vaqtida davlat organining yoki boshqa organning, yuridik shaxsning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilgani aniqlangan taqdirda, ularning ishda ishtirokidan qat’i nazar, iqtisodiy sud xususiy ajrim chiqarishga haqlidir (IPKning 200-moddasi).

IPKning 2-moddasiga binoan iqtisodiy sud ishlarini yuritish vazifalariga: iqtisodiyot sohasida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish; iqtisodiyot sohasida qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashish; qonunga va sudga nisbatan hurmatda bo'lish munosabatini shakllantirish kiradi.
Xususiy ajrimlar huquqiy tarbiya va iqtisodiy sud tomonidan huquqbuzarlikning oldini olishni ta’sirli vositalaridan bir hisoblanadi. Ular muayyan ish yuzasidan olib borilayotgan iqtisodiy nizo chegarasidan tashqaridagi masalalar yuzasidan chiqariladi.
Xususiy ajrimlar - shunday protsessual vositalardirki, ular sudlov organlarining huquqbuzarlikka va g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlarga, tashkilotlar ishidagi kamchiliklarga qarshi kurashish imkoniyatlarini ma’lum darajada kengaytiradi.
Qonun iqtisodiy sud tomonidan xususiy ajrim qachon chiqarilishi lozimligini belgilamaydi, biroq amalda ular sud majlisining oxirida sudning hal qiluv qarori bilan bir vaqtda chiqariladi. Shu bilan birga, qonun sud muhokamasi to‘xtatilganda yoki ish yuritish tugatilib yoxud da’vo ko‘rmasdan qoldirilib, ish hal qiluv qarori chiqarilmasdan yakunlangan holatlarda ham xususiy ajrim chiqarishni taqiqlamaydi.
Xususiy ajrimlar faqat birinchi instansiya sud tomonidangina emas, balki apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari tomonidan ham chiqarilishi mumkin. Qonuniy kuchga kirgan ajrim, hal qiluv qarori va qarorlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish vaqtida chiqariladigan xususiy ajrimlarga nisbatan ham jiddiy e’tirozlar yo‘q.
Ijro etish jarayonida ham sud tomonidan majlis o‘tkazilib, unda qonun buzilishlari, mansabdor shaxslarning ishlaridagi kamchiliklar aniqlanishi mumkin, shuning uchun bu bosqichda ham xususiy ajrimlarning aniqlangan salbiy faktlar bilan kurashishdagi imkoniyatini cheklashga hech qanday asos yo‘q.
Iqtisodiy sud xususiy ajrimlarni alohida xonada chiqaradi, bu yerda ko‘rilayotgan masalalar iqtisodiy protsessual qonunda ko‘rsatilgan tartibda muhokama qilinadi.
Ularda IPKning 196-moddasida ko‘rsatilgan rekvizitlar bo‘lishi lozim. Xususiy ajrimlarni yozish vaqtida bayon etish uslubi va asoslantirish alohida ahamiyatga ega, ajrimning qanchalik ishonarli va asosliligi shunga bog‘liqdir. Ajrimda haqoratlovchi so‘zlar, fuqaro shaxsiyatiga tegadigan gaplar yozilishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas.
Xususiy ajrimlar sud tarkibiga kirganlar tomonidan imzolanadi va sud majlisida eshittiriladi. Ba’zi hollarda iqtisodiy sud o‘z huquqidan foydalanib, istisno tariqasida xususiy ajrimni o‘qib eshittirmaydi, lekin ajrim chiqarilganligini aytib o‘tadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ularning vakillariga iqtisodiy sud xususiy ajrim bilan tanishib chiqish imkoniyatini beradi.
Boshqa ajrimlar kabi xususiy ajrim ham qonuniy va asoslantirilgan bo‘lishi kerak. Bu talablarning buzilishi natijasida xususiy ajrim ustidan shikoyat qilinishi yoki protest keltirilishi mumkin.
Iqtisodiyot sohasidagi qonunchilikni mustahkamlash va qonunbuzarliklarni oldini olishda iqtisodiy sudning mavqeini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-martdagi “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to‘g‘risida”gi
Farmoni bilan iqtisodiy sudga quyidagi huquqlar berilgan: iqtisodiy nizolarni ko‘rish jarayonida jinoyat alomatlari aniqlangan holatlarda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun prokurorga xabar berish; iqtisodiy huquqbuzarliklarni sodir qilgan shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash; xo‘jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan mulkiy zararni aybdor mansabdor shaxslardan undirish; pul mablag‘lari va boshqa mulkdan oqilona foydalanmaslik, to‘lov intizomini buzganlik, shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik va korxonalarni bankrotlik darajasigacha olib kelganlik uchun xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning rahbarlarini va boshqa xodimlarini egallab turgan lavozimidan ozod etishga qadar bo‘lgan intizomiy javobgarlikka tortish haqida tegishli organlarga taqdimnomalar kiritish.
Yuqorida bayon qilingan holatlardan kelib chiqqan holda xususiy ajrimlarni ta ’sir qilish usuliga ko ‘ra ikki turga bo'lish mumkin:

  1. qonun hujjjatlari buzilishiga barham berish yoxud aybdorlarni

javobgarlikka tortishga bevosita qaratilgan xususiy ajrimlar (bevosita ta’sir);

  1. sud vakolatli davlat organlari va boshqa organlarni yoki mansabdor shaxslarni aniqlangan huquqbuzarliklar haqida xabardor etib, ularni bartaraf etish va kelgusi faoliyatida yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, shuningdek aybdorlarni qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortish majburiyatini yuklash haqidagi xususiy ajrimlar (bilvosita ta’sir).

Xususiy ajrimlarni chiqarishdan ko‘zlangan maqsadga ko‘ra ham ular ikki turga bo‘linadi:

  1. aniqlangan kamchiliklar haqida xabar beruvchi ajrimlar;

  2. qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan aniq choralar ko‘rishga doir ajrimlar.

Xabar beruvchi ajrimlarning mohiyati shundan iboratki, sud iqtisodiy ishlarini ko‘rish jarayonida qonun buzilishi holatlarini, ishdagi jiddiy kamchiliklarni ochib beradi, ularga huquqiy va axloqiy nuqtayi nazardan baho beradi, qonun buzilishi sabablari va shart-sharoitlarini aniqlaydi va vakolatli tashkilot, mansabdor shaxs yoki mehnat jamoasi oldiga ularni bartaraf etish masalasini qo'yadi.
Xabar beruvchi ajrimlarning yuridik kuchi tegishli tashkilot, davlat organi va boshqa organlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar tomonidan iqtisodiy sudga bir oylik muddatda xususiy ajrim yuzasidan ko'rilgan choralar haqida ma'lumot berish bilan chegaralanadi.
Xususiy ajrimlarning ikkinchi turiga quyidagilar kiradi: a) aybdor shaxslardan yetkazilgan mulkiy zararni undirish haqidagi; b) aybdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi.
Zarar yetkazgan mansabdor yoki boshqa shaxs harakati (harakatsizligi)da jinoyat alomati bo‘lmay, u zarar yetkazilgan paytda yuridik shaxs bilan mehnat munosabatida bo‘lib, unga zarar keltirsa, iqtisodiy sud keltirilgan zararni aybdor shaxslar tomonidan to‘lash haqida xususiy ajrim chiqaradi. Mulkiy zarar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 202, 205, 208-moddalarida ko‘rsatilgan miqdorda undiriladi.
Iqtisodiy ishlarini ko‘rish jarayonida pul mablag‘lari va boshqa mulkni maqsadsiz ishlatish, to‘lov intizomining buzilishi, shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik va korxonani bankrotlik holatiga olib kelish faktlarini aniqlab, rahbar yoki boshqa shaxslar harakati (harakatsizligi)da jinoyat alomatlari bo‘lmasa, sud tomonidan aybdor shaxslarni egallab turgan lavozimidan bo‘shatishgacha bo‘lgan intizomiy javobgarlikka tortish haqida xususiy ajrim chiqariladi.
Mansabdor shaxsni intizomiy javobgarlikka tortish har qanday boshqa xodim kabi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (bundan buyon matnda MK deb yuritiladi) XI bobining normalariga muvofiq yoki iqtisodiyotning ba’zi tarmoqlarida ayrim toifadagi xodimlar uchun amalda bo‘lgan intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlarga asosan amalga oshirilishi mumkin. Bunda intizomiy jazolar ishga qabul qilish (lavozimga tayinlash) huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan qo‘llanilishi umumiy qoida hisoblanadi (MKning 182-moddasi). Bundan kelib chiqqan holda iqtisodiy sud mansabdor shaxs yoxud boshqa xodimning harakatlarida o‘z mansab (mehnat) majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik holatini aniqlagan taqdirda, uni intizomiy javobgarlikka tortish haqidagi xodimni ishga qabul qilish (lavozimga tayinlash) huquqi berilgan shaxs (organ) ko‘rib chiqish uchun yuboriladigan xususiy ajrimni chiqarishga haqli.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling