Sudning hal qiluv qarori bo'yicha chiqariladigan ajrimlar. IPKning 190-moddasiga muvofiq hal qiluv qarorini tushuntirish to'g'risida yoki tushuntirishni rad etish to'g'risida ajrim chiqariladi.
Hal qiluv qarorinidagi yozuvdagi xatolar, harfiy xatolarni yoki hisob- kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to'g'risida yoki tuzatishni rad e'tish to'g'risida ajrim chiqariladi (IPKning 191-moddasi).
Iqtisodiy sud tomonidan ko‘riladigan, hakamlik sudning hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha chiqariladigan ajrimlarga iqtisodiy sudning hakamlik sud hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrimi (IPKning 227-moddasi), iqtisodiy sudning hakamlik sud hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrimi (IPKning 232-moddasi) kiradi.
Iqtisodiy sud mazkur toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi. Ammo ushbu ajrim IPKning 22-bobi “Sud ajrimi va qarori” qoidalariga muvofiq emas, balki IPKning 21-bobida “Sudning hal qiluv qarori” nazarda tutilgan qoidalarga binoan chiqariladi.
Iqtisodiy sudlarning sud hujjatlarini qayta ko‘rish jarayonida chiqariladigan ajrimlar. Unga, xususan apellatsiya shikoyati (protest) ish yuritishga qabul qilish (IPKning 266,267-moddalari), apellatsiya shikoyati (protest) ish yuritishga qabul qilishni rad etish (IPKning 268-moddasi), apellatsiya shikoyati (protest) qaytarish (IPKning 269-moddasi), apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish (IPKning 273-moddasi), kassatsiya shikoyati (protestini) ish yuritishga qabul qilish (IPKning 290- moddasi), kassatsiya shikoyati (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish (IPKning 291-moddasi), kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish (IPKning 292-moddasi), kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish (IPKning 296-moddasi), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining raisi yoki uning o‘rinbosari nazorat shikoyatini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish (IPKning 315-moddasi), Nazorat shikoyatini ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish (IPKning 316-moddasi) to‘g‘risida, Nazorat shikoyatidan voz kechish qabul qilinganligi va protest chaqirib olinganligi sababli nazorat ishi yuritishni tugatish (IPKning 320- moddasi), Sud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani qaytarish (IPKning 331-moddasi), Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari (IPKning 333- moddasi) to‘g‘risidagi ajrimlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |